"Xazina ovchilari" - Ikkinchi jahon urushi haqida yangi film

  • Amerika Ovozi

Filmdan kadr. Mett Deymon va Jorj Kluni - bosh rollarda.

Filmdan kadr. Mett Deymon va Jorj Kluni - bosh rollarda.

San’at asarini qutqarish uchun jonni fido qilish to’g’rimi? Mashhur kino yulduzi Jorj Klunining Ikkinchi jahon urushi haqidagi yangi filmi shu savolga javob beradi. “Xazina ovchilari” haqiqiy voqealarga asoslangan, amerikalik san’atshunoslarning fashistlar bosib olgan Yevropa mamlakatlarida nodir asarlarni qutqarib qolgani haqida.


Ikkinchi Jahon urushi avjida. AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt fashistlar hukmron Yevropa mamlakatlariga maxsus guruh yuborib, nodir asarlarni qutqarishga bel bog’laydi.

Jorj Kluni bu guruh yetakchisi rolida.

Jorj Lesli Staut - 1944-45 yillarda Yevropadagi konlar, cherkovlar va boshqa joylarda yashirilgan minglab san’at asarini topib, asrab qolish ishlarini boshqargan.

Tarixiy ahamiyatga ega bu xarita hozir Vashingtondagi Smitson san’at muzeyida saqlanadi.

Mutaxassis Keyt Xouning aytishicha, film real hodisalar va faktlarga asoslangan.

“Haykal odamlar”ning aksariyati urushdan qaytib, tarix va san’at sohasida yirik ishlar qilgan, olimlarga aylangan”.

Jorj Staut Amerikadagi birinchi San’atni saqlash laboratoriyasiga asos solgan. Kapitan Jeyms Rorimer Nyu-Yorkdagi mashhur Metropolitan san’at muzeyi direktori bo’lib ishlagan.

Mett Deymon Rorimer rolida, filmda uning ismi Jeyms Grenjer.

Filmdagi yana bir qahramon Kler Simon ortidagi tarixiy shaxs - muzey xodimasi Rouz Valland. Nodir asarlarni saqlab qolishda muhim rol o’ynagan. Keyt Blanshett uni ijro etadi. “U Jo de Pom zamonaviy san’at muzeyida ishlagan,” - tushuntiradi aktrisa.

“Fashistlarning san’at asarlarini saralab, turli joylarga jo’natayotganiga guvoh bo’lgan u”, - deydi Mett Deymon.

“Rouz Valland nemis tilini juda yaxshi bilgan, lekin buni fashistlarga bildirmagan. U hamma gapni diqqat bilan eshitgan. Jo de Pom muzeyiga kelgan barcha asarlarning to’la ro’yxatini tuzgan. Ularning qayerga jo’natilayotganini ham puxtalik bilan hujjatlab turgan,” - hikoya qiladi Keyt Hou.

Valland tuzgan ro’yxatlar va olgan suratlarni Rorimerga bergani sababli ushbu durdonalar saqlab qolindi.

Smitson muzeyida “Xazina ovchilari”ga bag’ishlangan maxsus ko’rgazma bor. Ammo Gollivudning bu yangi filmidan tarixning muhim sahifasi haqida yanada ko’proq o’rganish mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG