Husni Muborak Misr xalqiga ulkan o'zgarishlar va'da qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Husni Muborak Misr xalqiga ulkan o'zgarishlar va'da qilmoqda

Husni Muborak Misr xalqiga ulkan o'zgarishlar va'da qilmoqda

Misrda hukumatga qarshi namoyishlar davom etar ekan, xalqaro hamjamiyat begunoh insonlar qoni to’kilmasin deya undamoqda. Bu yil 83 yoshni qarshilaydigan prezident Husni Muborak hokimiyatdan ketmoqchi emas.

BMT atom agentligining sobiq rahbari , namoyishlar boshlanayotgan paytda vatani Misrga qaytgan Muhammad al-Barodiy muxolifat yetakchisi sifatida maydonga chiqqan.

Musulmon Birodarlar, mamlakatdagi yirik, ammo noqonuniy islomiy tashkilot ham uning tomoniga o’tgan.

Bu harakat vakillari, namoyishchilar, faollar, muxolifatchilardan tashkil topgan yangi koalitsiya al-Barodiyni hukumat tuzishga va Misr armiyasi bilan aloqaga kirishga undamoqda.

Armiya mamlakat bo’ylab safarbar etilgan va zo’ravonliklarning oldini olish uchun shay holatda turibdi.

30 yillik prezident Muborak esa vazirlarni yangilab, ish o’rinlari yaratish va iqtisodni kuchaytirishni va’da qilmoqda. Muxolifat bilan muzokaraga tayyor ekanini aytgan.

Namoyishchilar esa “u rahbarlikdan ketmaguncha tinchimaymiz” deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG