Misr ma’muriyati AQShni o’zga davlat ishlariga aralashayotganlikda aybladi

  • Amerika Ovozi

“Misrdek buyuk davlat, hamkor mamlakatga zudlik bilan uni qil, buni qil, deyish, buyurish bilan barobar”.

“Misrdek buyuk davlat, hamkor mamlakatga zudlik bilan uni qil, buni qil, deyish, buyurish bilan barobar”.

Muborak ma’muriyati Qo’shma Shtatlarni o’zga davlat ishlariga aralashayotganlikda ayblab, tanqid qilgan. Vashington ittifoqchi davlat Misrga aql o’rgatmoqchi, deydi Tashqi ishlar vaziri Ahmad Abul G’ayt.

Vazir AQSh prezidenti Barak Obamaning Misrga doir bayonotidan, islohotlar sust kechayotgani haqidagi so’zlardan norozi.

“Qo’zg’olon boshlangan pallada tezkor o’zgarish va islohotlarga doir da’vatlar bizga pand berdi”, - deydi Abul G’ayt.

“Misrdek buyuk davlat, hamkor mamlakatga zudlik bilan uni qil, buni qil, deyish, buyurish bilan barobar”, - deydi vazir. Abul G’ayt fikricha, Obama ma’muriyati xatosini tushungan.

“Hozir har qanday islohot asta-sekin amalga oshirilgan ma’qul, degan da’vatlar yangramoqda. Aks holda Misr tubanlikka yuz tutishi muqarrar”, - deydi vazir.



Davlat departamenti so’zlovchisi Filip Krouli deydiki, AQShning demokratiyaga da’vatlari o’rinli.

“AQSh birovga buyurayotgani yo’q. Bu asossiz talqin. Qo’shma Shtatlar vaziyatni baholab, o’z fikrini bildirishga haqli”, - deydi Davlat departamenti matbuot kotibi.

Vashington nazarida Misr hukumati xalq talab qilgan islohotlarni qisman bo’lsa ham bajarayotgani yo’q. Shu bois tinimsiz namoyishlar guvohimiz, deydi Oq Uy so’zlovchisi Robert Gibbs.



Misrda siyosiy o’zgarishlar ro’y berishi, xalq huquqi, siyosiy istaklari inobatga olinishi kerak, deydi AQSh rasmiylari.

Vashington nafaqat Muborak ma’muriyati, balki Misr fuqarolik jamiyati vakillari bilan ham muntazam aloqada, deydi Robert Gibbs.

AQSh qonunchilari arab dunyosidagi jarayonlar va uning Amerika siyosatiga ta’siri borasida maslahat qilmoqda.

Ekspertlar fikricha, Kongress va Obama ma’muriyati Misr qurolli kuchlarini ogohlantirishi kerak. Armiya fuqarolarni himoya qilishi va demokratik jarayonlarni qo’llab-quvvatlashi zarur, deydi ular.

“AQSh hukumati Misr xalqi, ozodlik istagan fuqarolar tarafida”, - deydi qonunchilar.

Amerika ajratgan iqtisodiy va harbiy yordam huquqiy vaziyat bilan uzviy bog’liq bo’lishi kerak, deydi ular.

“Misr hukumati bir narsani anglab yetishi kerak – AQSh berayotgan milliardlar dollar shunchaki sovg’a emas. Armiyaning xatti-harakatiga qarab yordam belgilanadi”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG