Mumbay fojeasida gumon qilinayotgan shaxs qayta qamoqqa olindi

  • Amerika Ovozi

Zaki ur-Rahmon Lahviy (o'rtada) Mumbaydagi hujumni rejalash va moliyalashda gumon qilinmoqda.

Zaki ur-Rahmon Lahviy (o'rtada) Mumbaydagi hujumni rejalash va moliyalashda gumon qilinmoqda.

Pokiston politsiyasi 2008-yilgi Mumbaydagi xurujning muallifi ekani gumon qilinayotgan shaxsni qayta hibsga olgan.

Zaki ur-Rahmon Lahviy sal oldin apellyatsiya va 10 ming dollar tovon puli natijasida ozodlikka chiqqan edi. Biroq sud uni pokistonlik bir shaxsni o'g'ilab qochganlik gumoni bilan yana qamashni buyurgan.

Lahviy va olti nafar pokistonlik 2008-yilda Hindistonning Mumbay shahrida 166 odamni hayotdan olib ketgan xurujni rejalash va moliyalashda gumon qilinmoqda.

Lahviy sal oldin tovon evaziga ozodlikka chiqqach, rasmiy Dehli keskin e'tiroz bildirgan.

Hindiston hukumati tijoriy poytaxt Mumbayda sodir etilgan bu hujumda Pokistonda yashiringan jangarilarni ayblaydi va rasmiy Islomoboddan javobgarlarni jazolashni talab qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG