Klinton: Musulmon Birodarlar ayollarga yo'l ochishi kerak

  • Amerika Ovozi

Xillari Klinton fikricha xotin-qizlari ezilgan jamiyat hech qachon taraqqiy etmaydi. Misr kelajagi - ayollar qo'lida, deydi u.

Xillari Klinton fikricha xotin-qizlari ezilgan jamiyat hech qachon taraqqiy etmaydi. Misr kelajagi - ayollar qo'lida, deydi u.

Qo’shma Shtatlar Misrdagi eng yirik siyosiy-diniy harakat - “Musulmon Birodarlar” bilan cheklangan tarzda aloqa qiladi.

“Guruh zo’ravonlikdan voz kechishi va xotin-qizlar huquqini hurmat qilishi kerak”, - deydi AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton.

Husni Muborak prezidentligi davrida faoliyati taqiqlangan muxolifatchi guruh bilan AQSh azaliy rishtalarga ega.

"Musulmon Birodarlar" endi qonuniy harakat

"Musulmon Birodarlar" endi qonuniy harakat

Bugun “Musulmon Birodarlar” yirik partiyaga aylanib, Misr parlament saylovlarida ishtirok etishini bildirar ekan, munosabatlar ham yangicha tus olmoqda.

AQSh davlat kotibasi bu haqda Vengriyaga safari chog’ida so’zladi.

“Misr farovonligi yo’lida xizmat qilishga bel bog’lagan, parlamentdagi o’rinlar va prezidentlik uchun kurashayotgan barcha guruhlar bilan aloqada bo’lishni istaymiz”, - deydi Xillari Klinton.

Uning aytishicha, AQSh avval ham, bo’lajak muzokaralarda ham tinch va demokratik taraqqiyot yo’lini e’tirof etadi.

Misr inqilobida ayollar muhim rol o'ynadi

Misr inqilobida ayollar muhim rol o'ynadi

“Zo’ravonlikdan voz kechish, ayollar uchun sharoit va imkoniyatlar yaratish ayniqsa muhim. Misrda aholining yarmi xotin-qizlar, ular ishtirokisiz jamiyatda taraqqiyot bo’lmaydi”, - deydi bosh diplomat.

Yangi parlamentga nomzodlarni ko’rsatayotgan “Musulmon Birodarlar” Vashington bilan rasmiy muloqotni olqishlaydi.

Qohira ko'chalarida mamlakat bayrog'ini sotib o'tirgan qizlar. Yangi tuzum ularning erkin va teng huquqli inson sifatida bilim olib, taraqqiyot yo'lida xizmat qilishi uchun sharoit yaratishi kerak, deydi Xillari Klinton.

Qohira ko'chalarida mamlakat bayrog'ini sotib o'tirgan qizlar. Yangi tuzum ularning erkin va teng huquqli inson sifatida bilim olib, taraqqiyot yo'lida xizmat qilishi uchun sharoit yaratishi kerak, deydi Xillari Klinton.

Biroq, deya ogohlantirmoqda harakat, hech bir davlat Misr ichki ishlariga aralashmasligi lozim.

Guruh fundamentalizm va zo’ravonlikdan yiroq ekanini qayd etadi.

Undan ajralib chiqqan “Xamas” tashkiloti esa anchadan beri AQShning qora ro’yxatida.

Siyosatdonlar fikricha, AQSh Yaqin Sharqda maydonga chiqayotgan islomiy guruhlar bilan gaplashayotgani Isroil va ayrim arab ittifoqchilarni xavotirga soladi.

Xotin-qizlar Misr aholisining yarmini tashkil etadi.

Xotin-qizlar Misr aholisining yarmini tashkil etadi.

“Ularga tushuntirish kerakki, siyosiy dialog bu guruhlarni qo’llab-quvvatlash degani emas”, - deydi tahlilchi Deyvid Shenker.

“Amerika Misrda erkin jamiyat qaror topishini istaydi, bu jarayon ishtirokchilari bilan tanishuv tabiiy bir hol”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG