Hijobdagi shtangachi - og'ir atletika bilan shug'ullanadigan muslima

  • Amerika Ovozi

Hijobdagi shtangachi - og'ir atletika bilan shug'ullanadigan muslima

Hijobdagi shtangachi - og'ir atletika bilan shug'ullanadigan muslima

Har bir sport turining o’z qoida va talablari bor. Atletika bu atletika. Jismoniy quvvatga asoslangan soha. Millat, din va jins tanlamaydi. Gulsum Abdulla (Kulsum Abdullah) mana shu faktga yaqqol misol.

Ramazon oyida u ham ro’zada. Lekin yaqinlashayotgan musobaqalarga tayyorlanmoqda.

Pokistonlik muhojir farzandi, kompyuter texnologiyalari bo’yicha yetakchi mutaxassis Gulsum Abdulla uzoq yillardan beri shtanga ko’taradi. Shuningdek, qora belbog’li taekvandochi.

Ammo yaqingacha uning uchun katta sportga darvoza yopiq edi. Chunki, Gulsum hijobda yuradi.

Hijobdagi shtangachi - og'ir atletika bilan shug'ullanadigan muslima

Hijobdagi shtangachi - og'ir atletika bilan shug'ullanadigan muslima

Bunday kiyim atletikachilarga to’g’ri kelmaydi deb uni musobaqalarga qo'yishmayotgan edi. Xalqaro Og'ir Atletika Federatsiyasi barcha o’yinchilardan maxsus forma kiyishni talab qiladi.

“Bu talab meni ruhan juda qiynab kelgan. Chunki shtanga ko’tarishga ixlosim baland, jiddiy shug’ullanaman. Bu sport kuchli iroda va o’zingga nisbatan ishonch talab qiladi. Sport formasini kiya olmasligim pand berardi”.

Tirishqoq ayol 34 yoshida AQSh chempionatida qatnashishi mumkin edi, lekin hijobda ekanligi tufayli yana rad javobi oldi. Jismoniy talablarga javob berdi, ammo forma masalasi yana muammo bo’ldi. U Amerika Og'ir Atletika Federatsiyasiga murojaat qilib, yordam so’radi.

Hijobdagi shtangachi - og'ir atletika bilan shug'ullanadigan muslima

Hijobdagi shtangachi - og'ir atletika bilan shug'ullanadigan muslima

“Masala nimada ekanini tushuntirib, uzun xat yozdim. Bu sportga qanchalik qiziqishim, jiddiy shug’ullanishim va jismoniy jihatdan qatnashish uchun munosib ekanimni isbotlab berdim",- deydi u.

"Qo’l va oyoqlarimni yopib turadigan maxsus forma kiyishim mumkinligi haqida aytdim. Afsuski, bu tashkilotdan iloj yo’q degan javob oldim. Xalqaro Og'ir Atletika Federatsiyasi talablarini eslatishdi”.

Gulsum Abdulla umidni boy bermadi. Madad so’rab, Amerika-Islom Aloqalari Kengashiga bordi.

Hijobdagi shtangachi - og'ir atletika bilan shug'ullanadigan muslima

Hijobdagi shtangachi - og'ir atletika bilan shug'ullanadigan muslima

“Biz yordam berishga qaror qildik”, - deydi Imrohim Xuper, kengash vakili.

“AQSh Olimpiya Qo’mitasiga chiqdik. Ulardan bu ish yuzasidan Xalqaro Og'ir Atletika Federatsiyasi bilan gaplashishni so’radik. Sportchini quvvatlash burch ekanini eslatdik”.

Shunday katta tashkilotlar bu masala bilan shug’ullanayotgani haqida axborot vositalariga ma’lumot yetib borishi bilanoq hamma Gulsum Abdullaga telefon qilib, xat yozib, muammo haqida surishtira boshladi. Yangiliklarda gapira boshlashdi, muhokama qilishdi.

Gulsum Abdulla Xalqaro Og'ir Atletika Federatsiyasiga taklif qilindi. Tashkilot rahbariyati oldiga chiqib, islom va sport haqida gapirib berdi. O’z e’tiqodiga sodiq holda bu sport bilan ham shug’ullanishi mumkinligi, xalqaro maydonda bellashishga loyiqligini tushuntirdi. Ikki kun o’tar o’tmas federatsiya yangi qaror chiqardi.

Hijobdagi shtangachi - og'ir atletika bilan shug'ullanadigan muslima

Hijobdagi shtangachi - og'ir atletika bilan shug'ullanadigan muslima

Yangi qoida shundan iboratki, sportchi butun vujudini yopib turadigan forma kiyishi mumkin.

Amerika-Islom Aloqalari Kengashi o’zgarishdan mamnun.

“Musulmon ayollarni quvvatlash kerak deb ko’p gapirishadi. To’g’ri gap. Ayol shtanga ko’tarmoqchimi, mana, marhamat, o’z e’tiqodiga sodiq holda, bu ishni qilishi mumkin",- deydi Ibrohim Xuper.

"Muslimalar dini tufayli sport yoki boshqa sohalarga kira olmaydi desangiz, adashasiz. Boshqa xotin-qizlar buni ko’rib, saboq olsin. Ular istagan sohada faoliyat yuritishi, shu jumladan sportchi bo’lishi mumkin".

Hijobdagi shtangachi - og'ir atletika bilan shug'ullanadigan muslima

Hijobdagi shtangachi - og'ir atletika bilan shug'ullanadigan muslima

Shunday qilib, Gulsum Abdulla 15 iyul kuni AQSh chempionatida ishtirok etdi. Maxsus formasida maydonga chiqdi. Boshi osmonda va albatta, chuqur hayajonda. 48 kilogram vaznli kategoriyada beshinchi o’rinni oldi.

“O’zimni bir oz yo’qotib qo’ydim”,- deydi sportchi.

“Og’irroq ko’tarsam bo’lar edi, lekin murabbiylarim buni maslahat berishmadi. O’zim ham juda hayajonlandim. Birinchi shtangadan keyin ancha o’zimga keldim… Umuman olganda, musobaqadan qoniqdim. Qatnashganim yaxshi bo’ldi, zo’r tajriba! Kelgusida qattiqroq harakat qilaman”.

Hijobdagi shtangachi - og'ir atletika bilan shug'ullanadigan muslima

Hijobdagi shtangachi - og'ir atletika bilan shug'ullanadigan muslima

Gulsum Abdulla bilan maydonga chiqqan Syuzan Sanchez muslima raqibi bilan faxrlanishini aytadi.

“Xalqaro federatsiya yaxshi ish qildi. Gulsumdek kuchli sportchi ayollar ko’payishi kerak. Hozir 80 davlat shtanga bo’yicha o’z ayol komandalariga ega bo’lsa, ulardan faqat biri musulmon davlat, Misr. Ularning safi kengaysa, yaxshi”.

Gulsum Abdulla Olimpiya o’yinlarida qatnashadimi yo’qmi, buni hozirdan aytish qiyin. Lekin endi bu ayol va u singari sportchilar uchun darvoza ochiq.

Harakatda barakat, sport bu zavq, sevimli mashg’ulot, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG