Kongress musulmonlardan radikalizmga qarshi qattiqroq turishni so'ramoqda

  • Amerika Ovozi

Piter King, Nyu-Yorkdan saylangan respublikachi qonunchi, Vakillar Palatasida Ichki xavfsizlik masalalari bo'yicha qo'mita raisi. Uning nazarida mamlakat musulmonlari, ayniqsa yoshlari orasida radikalizm keng tarqalib bormoqda. Demokratlar Piter Kingning

Piter King, Nyu-Yorkdan saylangan respublikachi qonunchi, Vakillar Palatasida Ichki xavfsizlik masalalari bo'yicha qo'mita raisi. Uning nazarida mamlakat musulmonlari, ayniqsa yoshlari orasida radikalizm keng tarqalib bormoqda. Demokratlar Piter Kingning

O’tgan yillar ichida Amerikada bir necha musulmon yoshlar terror guruhlariga a’zolik va aloqadorlikda ayblanib ushlandi.

Ayrim respublikachi siyosatchilar nazarida mamlakat musulmonlari orasida radikalizm ruhi kuchayib bormoqda.

Yaqinda AQSh Vakillar Palatasida shu mavzuda bir tinglov o’tkazildi. Tadbir nafaqat musulmonlar, balki boshqa din vakillari tomonidan ham kuchli qarshilik bilan kutib olindi.

Bunga javobdan Senatda demokratlar munozaraga yig’ilib, diskriminatsiya va toqatsizlikni qoraladi. Bugun Amerika taxminan yetti million musulmonga vatan.

2001 yildagi terror xurujlaridan beri deyarli 10 yil vaqt o’tdi. Lekin o’sha damlarda bu jamiyatda musulmonlarga nisbatan paydo bo’lgan nafrat va ulardan xavfsirash hollari hamon ko’zga tashlanadi.

Demokrat senator Dik Durbin fikricha musulmonlar Amerika jamiyatining ajralmas qismi. Musulmon fuqarolarga nisbatan ogohlantirishlar va shubha-gumonlar - bu insonlarning huquqlarini poymol etish bilan barobar, deydi u.

Demokrat senator Dik Durbin fikricha musulmonlar Amerika jamiyatining ajralmas qismi. Musulmon fuqarolarga nisbatan ogohlantirishlar va shubha-gumonlar - bu insonlarning huquqlarini poymol etish bilan barobar, deydi u.

Demokrat senator Dik Durbin mana shu muammoni ochiq tan oladigan arboblardan. Bu diskriminatsiya, deydi u.

“Amerika fuqarolari teng huquq va erkinlikka ega. Har bir shaxs huquqi hurmat qilinishi kerak. Bir to’daning jinoyatini butun jamoaga ag’darish – haqsizlik. Musulmonlar ham, boshqa fuqarolar qatorida konstitutsiya tomonidan himoya qilinadi”.

Lekin respublikachi kongressmen Piter King nazarida musulmonlar o’zini Amerikaga qarshi qilingan jinoyatlarning jabrdiydasi deb tanishtirishi haqiqatni aks ettirmaydi.

Achchiq haqiqat shuki, deydi u, musulmonlar orasida, ayniqsa, yoshlar orasida radikalizm keng tarqalgan.

Yana bir respublikachi, senator Jon Kayl, “har qanday radikalizm – bizning dushmanimiz” deydi.

“Terrorismni yengish uchun uning ildiziga bolta urish kerak, uning qayerdan kelayotganini aniqlash kerak. Bizga tahdid solayotgan kuchlar kim ekanini bilish kerak”,- deydi senator Kayl.

Musulmon yetakchilar Kongressda yangrayotgan tanqidni qoralab, jamoa qonun-tartibot organlari bilan yaqindan ishlayotganini aytadi

Musulmon yetakchilar Kongressda yangrayotgan tanqidni qoralab, jamoa qonun-tartibot organlari bilan yaqindan ishlayotganini aytadi

Huquq tashkilotlari bunday chiqishlarni omma ongini zaharlovchi chaqiriqlar sifatida ko’radi.

Keng jamoatchilikni musulmonlarga qarshi qayrash ayanchli oqibatlarga olib boradi, dedi muslima faol Farxana Xira, Kongress a'zolari oldida so'zlar ekan.

"Ko’plab begunoh amerikaliklar aziyat chekmoqda. Bilasizmi, xurujlardan 10 yil o’tib ham musulmonlarga qarshi adolatsizlikka guvohmiz",- deydi u.

"Arablar, hindlar va sharq olamidan boshqa elatlarning vakillari, Amerikada fuqarolikka kirib, shu mamlakat ravnaqi uchun jon kuydirayotgan insonlardan xavfsirashadi. O’tgan yili Nyu-Yorkda bir haydovchini pichoqlab ketishdi”,- deydi Farxana Xira.

Respublikachi senator Lindzi Grexem zo’ravonlik va diskriminatsiyani qabihlik deb biladi, biroq, deydi u, AQSh musulmonlari radikalizmning oldini olishga harakat qilsin.

Amerika musulmonlarining aksariyati muhojirlar, asosan Janubiy Osiyo va arab davlatlaridan kelgan

Amerika musulmonlarining aksariyati muhojirlar, asosan Janubiy Osiyo va arab davlatlaridan kelgan

“Amerika musulmonlariga gapim shu: e’tiqodingizni hurmat qilamiz, shu jamiyatning teng a’zosisiz. Lekin terrorizmga qarshi kurashda sizdan alohida faollik kutayapmiz. Siz muammo nimada ekanini bilasiz. Mutaassiblikka yetaklovchi omillarni tushunasiz”, - deydi senator.

Musulmonlar radikalizmga qarshi kurashda yaqindan yordam bermoqda, deya bildiradi AQSh Adliya vazirligi.

Musulmonlar ogoh turgani uchun ham bir necha terror xurujlarining oldi olingani aytiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG