NASA Marsdan suv topdi

  • Amerika Ovozi

AQShning NASA Fazo tadqiqotlari agentligi olimlari Marsda sho’r suv borligi haqida dalil topdi. Suv bor joyda esa hayot bo’lishi mumkin.

"Bugun bizning bu sayyora haqidagi tasavvurlarimizda inqilob yuz berdi”, - dedi NASAning planetalar bo'yicha tadqiqotini boshqaruvchi Jim Grin.

NASA ilgari ham “qizil sayyora”da suv mavjudligi haqida taxminlarni olg'a surgan edi. Shu yil mart oyida agentlik Marsdagi suv miqdori Yer yuzidagi Arktika okeanidan ham ko’proq bo'lishi mumkinligini aytgan.

Olimlar Mars atmosferasidagi ikki turdagi suv ko’rsatkichini 4,5 milliard yil avval topilgan Mars meteoritining suv koeffitsienti bilan qiyoslab ko’rgan. Ularga ko’ra, 4,5 milliard yil avval Mars chuqurligi 137 metrga teng suv bilan qoplangan edi, lekin bu massaning aksar qismi bug’lanib atmosferaga ko'tarilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG