NASA Xitoy bilan ishlash tarafdori

  • Amerika Ovozi

NASAning bildirishicha, Qo'shma Shtatlar bir kun kelib Xitoy bilan kosmosda birga ishlay boshlashi mumkin. Xuddi 1975-yilda AQSh va sovetlar Apollon-Soyuz loyihasi ustida hamkorlik qilgani kabi.

AQSh Fazoviy tadqiqotlar agentligi rahbari Charlz Bolden shunday taklif bilan chiqdi.

Bugungi qonunlar NASAga Xitoy bilan hamkorlikni man qiladi. Sabab - kommunistik mamlakat bundan josuslik maqsadlarida foydalanishi, o'z harbiy salohiyatini oshirishi, davlat sirlarini o'g'irlashi mumkin, degan xavotir bor. Lekin joriy yilda Pekinga borishi kutilayotgan Bolden so'zlariga ko'ra, Kongress mavjud qonunlarni o'zgartirishi kerak.

Bir-birimizning fazoviy, texnologik yutuqlarimizdan nusxa ko'chirib, nuqul bir xil loyihalarga kuch sarflamasdan, birga ishlashimiz kerak, deydi u.

Tahlilchi Piter Xuessi tuzatishga qarshi emas, lekin shoshilib xursandchilikka berilmaslik lozim, deydi.

"Xitoyga kelganda biz juda katta niyatlar qila boshlaymiz", - deydi u. "Bu davlatning ichki hujjatlari va strategik dokumentlarida Amerika raqib, dushman sifatida ta'riflanishini esdan chiqarmaylik", - deydi mutaxassis.

Pekin hozir harbiy salohiyatini oshirish bilan band va shu bois Kapitoliyda Xitoy bilan fazoviy hamkorlikka qo'yilgan taqiqni olib tashlash haqida ko'p eshitmaysiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG