NATO Afg’oniston xavfsizlik kuchlariga qancha pul beradi?

  • Amerika Ovozi

Bryusselda NATO mudofaa va tashqi ishlar vazirlari yig'ini, 18 aprel, 2012-yil

Bryusselda NATO mudofaa va tashqi ishlar vazirlari yig'ini, 18 aprel, 2012-yil

NATO, Shimoliy Atlantika bloki moliyaviy qiyinchiliklarga qaramasdan Afg’onistonni dushmanga topshirib qo’ymoqchi emas. Rejaga ko’ra, Qo’shma Shtatlar va ittifoqchilar 2014-yil oxirigacha mamlakatni tark etishi kerak.

Xorij qo’shinlari ketgach, afg’on armiyasi va politsiyasini qo’llab-quvvatlab turish uchun qancha pul kerakligini muhokama qilayapmiz, deydi NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen bugun Belgiyada harbiy alyans tashqi ishlar va mudofaa vazirlari uchrashuvida.

Afg'on politsiyasi va armiyasi malakasi maqtovga arziydi, deydi NATO mulozimlari

Afg'on politsiyasi va armiyasi malakasi maqtovga arziydi, deydi NATO mulozimlari

“Yiliga to’rt milliard dollar chamalanmoqda, lekin aniq raqam haqida gapirishga erta. Kelasi oy AQShning Chikago shahrida bo’ladigan NATO sammitida Afg’oniston xavfsizlik kuchlarini moliyalash masalasiga oydinlik kiritamiz”, - deydi Rasmussen.

Alyans rahbari afg’on hukumatini parokanda qilmoqchi bo’lgan kuchlarga murojaat qilib, mahalliy armiya qudrati oshib bormoqda, NATOning o’rnini bosa oladi ular, deya ogohlantirdi.

Afg’oniston rahbari Hamid Karzay kechagi chiqishida xavfsizlik tizimi uchun Qo’shma Shtatlardan yiliga 2 milliard dollar so’ragan edi.

Hozir mamlakatda qariyb 130 ming kishilik xalqaro koalitsiya bor. Avstraliya Bosh vazirasi Juliya Gillard kecha o’z qo’shinlarini avval ko’zlanganidan bir yil erta, 2013-yil oxirigacha olib chiqishini ma’lum qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG