NATO afg’on xavfsizlik kuchlari bilan amaliyotni qisqartirmoqda

  • Amerika Ovozi

Kobulda suiqasd xuruji, NATO zobitlari hududni nazoratga olgan, 18-sentabr, 2012-yil.

Kobulda suiqasd xuruji, NATO zobitlari hududni nazoratga olgan, 18-sentabr, 2012-yil.

NATO afg’on xavfsizlik kuchlari bilan amaliyotlar qisqartirilayotganini ma’lum qildi.

Bunga so’nggi paytda mahalliy kuchlarning xalqaro koalitsiyaga hujumlarining ko’paygani sababdir.



Yil boshidan beri 30 ga yaqin shu kabi hujumda 51 xalqaro askar o’lgan.

Koalitsiya so’zlovchisi Charli Stedtlenderning aytishicha, qo’shma mashg’ulotlar bundan keyin faqat batalyon yoki undan yuqori darajada o’tkaziladi.

AQSh va NATOning Afg’onistondagi kuchlari qo’mondoni general Jon Allen qo’shinlarni himoya qilish choralarini qaytadan ko’rib chiqishni buyurgan.

Bu o’rtada bugun Afg’onistonda bir ayol o’zini xorijiy ishchilar ketayotgan avtobus yonida portlatib, kamida 12 kishini o’ldirgan.

Voqea poytaxt Kobul yaqinida ro’y bergan.

Avtobus aeroportga yo’l olayotgan bo’lgan.

O’lganlardan sakkiz nafari Janubiy Afrika fuqarolari, biri mahalliy haydovchi ekani ma’lum.

Hizbi Islomi jangari guruhi xuruj uning ishi ekanini aytib, islomga qarshi videoga javob deya izohlagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG