Breaking News

NATO: Yordam uzilmasligi uchun Afg’oniston majburiyatlarni bajarsin


Afg'oniston prezidenti Hamid Karzay, NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen. Bryussel, 23-aprel, 2013-yil.
Afg'oniston prezidenti Hamid Karzay, NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen. Bryussel, 23-aprel, 2013-yil.
NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussenning aytishicha, G’arb yordami uzilmasligi uchun Afg’oniston hukumati islohotlar haqidagi va’dasiga sodiq qolishi kerak. Rasmussen Bryusselda NATO tashqi ishlar vazirlari yig’inida prezident Hamid Karzay bilan ko’rishdi.

NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen prezident Hamid Karzay bilan jiddiy munozaraga kirishdik, lekin hanuz ishonchli sheriklarmiz, deydi. Xorijiy askarlar Afg’onistondan chiqqach ham alyansga a’zo davlatlar bu yurtni qo’llab-quvvatlashda davom etadi. O’z navbatida rasmiy Kobul majburiyatlarini ado etishi kerak, dedi Rasmussen kecha jurnalistlar bilan muloqot paytida.

NATO va Afg'oniston/ Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:13 0:00
Yuklab oling

“Afg’onlar harakatini qilsa, yordamning ham keti uzilmaydi”, - dedi NATO rasmiysi.

Korrupsiyaga qarshi kurash, kelasi yil xolis va adolatli saylovlar o’tkazish va inson huquqlari, ayniqsa, ayollar huquqlarini e’zozlash ana shular sirasidan.

2014-yildan keyin Afg’onistonda alyansning qancha askari qolishi hali aniq emas va bu zobitlarnining mahalliy qonunlar oldida daxlsizligini ta’minlash hamon munozarali masala. Lekin AQSh Davlat kotibi Jon Kerri hamkorlikning davom etishi aniq, deydi.

“Afg’oniston armiyasini muntazam ravishda qo’llab-quvvatlash va maslahat hamda mashqlar bilan malakasini oshirib borish – oldimizda turgan ustuvor vazifalardan. Aksil-terror amaliyotlariga yordam berishda gap ko’p”, - deydi Jon Kerri.

Hamid Karzay NATOga barcha ko’mak va harbiy aslaha uchun rahmat aytdi. Uning so’zlariga ko’ra, xalqaro qo’shinlar ketganidan keyin mahalliy kuchlar mas’uliyatni to’liq zimmasiga olishga tayyor bo’ladi.

“Afg’oniston o’zini mudofaa qila oladi, janob bosh kotib”, - dedi Karzay. “Afg’on yurtini mahalliy xalq himoya qiladi, afg’on zaminini o’zimiz asraymiz”, - dedi u.

Lekin NATO rasmiylarida bunga ishonch kam va ayrim davlatlar 2014-yildan keyin ham Afg’onistonga salmoqli harbiy madad berishda davom etish kerak, deb hisoblaydi. Aks holda mamlakat yana terrorchilar makoniga aylanishi aniq, deydi ular.

Boshqa bir muhim masala Pokiston madadidir. Oxirgi 12 yilda afg’onlar va qo’shni bu mamlakatning munosabatlari ziddiyatlarga to’la bo’ldi. Bugun Davlat kotibi Jon Kerri Bryusselda prezident Karzay va Pokiston rasmiylari bilan muzokaraga vositachilik qildi. Muzokarada Pokiston tomonidan general Ashfaq Kiyaniy va Tashqi ishlar vaziri Jalil Jilaniy ishtirok etayapti. NATO bosh kotibi bu tashabbusni olqishladi.

“Terrorchilar chegarani kesib o’tib, Afg’onistonda xurujlar sodir eta olishi va keyin bemalol Pokistonga o’tib, yashirina olishi katta muammo”, - deydi Anders Fog Rasmussen.

Puxta mudofaa qilinmagan afg’on-Pokiston chegarasi regionda xavfsizlikni ta’minlash ishlariga zarar yetkazib, ekstremizmga qarshi kurashga pand berayapti, deydi Rasmussen.

NATO-Afg'oniston/NATO-Afghanistan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:51 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG