NATO Afg'onistonda saylov mojarosini tugatishga chaqirdi

  • Amerika Ovozi

Afg'onistonda prezidentlik saylovi ikkinchi bosqichi natijalarining haqqoniyligi yuzasidan tomonlar o’rtasidagi bahs hanuz tingani yo’q.

Afg'onistonda prezidentlik saylovi ikkinchi bosqichi natijalarining haqqoniyligi yuzasidan tomonlar o’rtasidagi bahs hanuz tingani yo’q.

Uelsda o’tayotgan sammit doirasida NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Afg’oniston prezidentligiga nomzodlarni o’zaro kelishmovchiliklarni tezroq tugatishga chaqirdi. Shu yil oxirgacha xalqaro kuchlar Afg’onistonni tark etishga hozirlanar ekan, mamlakatda barqaror hokimiyatning bo’lishi juda muhim.

Rasmussenga ko’ra, NATO askarlari Afg’onistonda jangchilik rolidan maslahatchilik vazifasiga o’tishga tayyor. Ammo buning uchun, avvalo, Afg’onistonning yangi rahbari xavfsizlik bitimini imzolashi kerak, deydi u.

Afg'onistonda prezidentlik saylovi ikkinchi bosqichi natijalarining haqqoniyligi yuzasidan tomonlar o’rtasidagi bahs hanuz tingani yo’q.

“Biz Afg’onistonning prezidentlik uchun har ikki nomzodini tinch yo’l bilan afg’on xalqi uchun maqbul saylov natijasi bo’yicha kelishishga hamda zarur xavfsizlik bitimini imzolashga chaqiramiz”, - dedi Rasmussen.

NATO yetakchilari va dunyoning yana 27 davlatidan kelgan rasmiylar ishtirokida Uelsning Nyuport shahrida Afg’oniston bo’yicha uch soatlik yig’in o’tgan. Unda Afg’onistonga moliyaviy yordam ko’rsatish hamda mahalliy xavfsizlik kuchlarini mustahkamlash masalalari muhokama etilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG