NATO, Rossiya mudofaa tizimi yuzasidan kelisha olmayapti

  • Amerika Ovozi

NATO, Rossiya mudofaa tizimi yuzasidan kelisha olmayapti

NATO, Rossiya mudofaa tizimi yuzasidan kelisha olmayapti

NATO Yevropada rejalangan raketaga qarshi mudofaa tizimi Rossiyaga tahdid emas deya ishontirsada, Kreml eshitishni xohlamayapti.

Harbiy blok tashqi ishlar vazirlari va Rossiya rasmiysining Bryusseldagi muloqotidan hozircha natija yo’q.

NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen qarashlarda farq katta, lekin muzokara davom etadi, deydi.

Moskva sarhadlari yaqinida qurilishi ko’zlangan yangi sistemani o’ziga xavf deb biladi.

Belgiya poytaxtida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashgan Rasmussen nazarida bu bekor gap. “Chora Eron, Shimoliy Koreya kabi g’anim davlatlar ehtimoliy hujumidan himoyadir”, - deydi u.

Lavrov deydiki, Yevropada raketa hujumiga qarshi qurilma o’rnatmoqchi bo’layotgan Amerika va NATO qurol poygasini ajv oldirishi aniq. “Yaxshi gaplar, xavotirga o’rin yo’q, deyishlar yetarli emas. Kafolat beruvchi hujjat kerak”, - deydi Lavrov.

Masalan, Rossiya o’tgan hafta Boltiq dengizi yaqinidagi Kaliningrad oblastida raketaga qarshi radar qo’ydi.

Anders Fog Rasmussen

Anders Fog Rasmussen

Rossiya G’arb bilan birga ishlashga va texnologiya almashib, mudofaa tizimlarini ikkovlon qurib, ishlatishga rozi. NATOga bu ma’qul emas, chunki tomonlar bir-biriga qarshi qurol ishlatmaslik haqida qator hujjatlarga imzo chekib qo’ygan.

Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari, general Nikolay Makarov alyans nega qarshi, deb hayron. “Bundan chiqdi, NATO nimanidir yashirayapti”, - deydi general.

Bryusselda ikki kunlik yig’in paytida Afg’onistonga yordam, 2014-yilgacha xalqaro qo’shinni butunlay olib chiqish, NATOning Kosovodagi missiyasi kabilar ham ko’rilmoqda.

Tomonlar, shuningdek, terrorizmga va qaroqchilikka qarshi birga kurashishga kelishib olgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG