Breaking News

Chak Xeygl: NATO xavfsizlik choralarini kuchaytirishi kerak


NATO xavfsizlik choralarini kuchaytirish niyatida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:48 0:00
AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeyglning aytishicha, Rossiyaning Qrimni egallab olishi hamda sharqiy Ukraina ishlariga aralashishi Sovuq urush tugadandan beri Yevropa xavfsizligiga solingan eng katta tahdiddir. Bunga qarshi NATO chora ko’rishi kerak, deydi u. Behzod Muhammadiy shu haqda hikoya qiladi.

Sharqiy Ukrainada Rossiyadan ko’mak olayotgan ayirmachi guruhlar hukumat kuchlariga qarshi kurashni davom ettirmoqda. Bu trans-Atlantika ittifoqi uchun muammo yaratadi, deydi AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygl.

“Biz ushbu ittifoqning obro’sini hamda yetmish yil davomida Yevropa xavfsizligi orqali ta’minlangan xalqaro tartibni himoya qilishda davom etishimiz kerak”, - deydi AQSh rasmiysi.

Bryusselda NATO mudofaa vazirlari bilan uchrashgan Xeygl ittifoqdoshlarni ko’proq sarf-xarajat qilishga undab, sentabrga belgilangan sammitni kutib o’tirmasdan harakat boshlash lozimligini ta’kidladi.

“A’zolar bu yig’inga allaqachon to’g’ri yo’ldagi qadamlarni tashlagan holda kelishi kerak”, - dedi Xeygl.

NATO yig’inida Afg’oniston masalasi ham tilga olindi. Shu yil oxirida xalqaro koalitsiya o’z missiyasini yakunlashi kerak. Afg’on xavfsizlik kuchlariga yordamlashish uchun qoladigan AQSh kuchlariga NATO ham o’z hissasini qo’shish niyatida.

Ammo yevropaliklar uchun mudofaa masalasida kelishish oson bo’lmaydi, deydi Ochiq Yevropa instituti tadqiqotchisi Raul Ruparel.

“Ukraina inqirozi Yevropa ichidagi bo’linishlarni yana o’rtaga chiqardi. Ayniqsa, tashqi siyosat va boshqa mamlakatlar ishiga aralashish masalasida”, - deydi Ruparel.

Deyarli 23 yil avval Sovet ittifoqi qulagandan beri NATOning asosiy zaifligi shunda. O’n yillik Afg’oniston urushidan so’ng ham ittifoqchilar o’rtasidagi tafovutlarni bartaraf etish oson bo’lmayapti. Bu orada Yevropa uchun yangi va kutilmagan xavflar paydo bo’lmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG