General Bridlav: Rossiya dunyo bo'ylab AQShga tahdid solmoqda

  • Amerika Ovozi

NATO oliy qo'mondoni, havo kuchlari generali Filip Bridlav

NATO oliy qo'mondoni, havo kuchlari generali Filip Bridlav

NATO oliy qo'mondoni, havo kuchlari generali Filip Bridlav deydiki, Rossiya dunyo bo'ylab AQSh manfaatlariga tahdid solmoqda. U bu haqda Vashingtonda Senat Qurolli kuchlar qo'mitasida gapirdi.

NATO qo'mondoni Yaqin Sharqdan Yevropaga kelayotgan qochoqlar inqirozi haqida ham to'xtaldi. Uning aytishicha, Rossiya va uning ittifoqchisi Suriya Yevropaning qat'iyatini zaiflashtirish uchun migratsiyadan qurol sifatida foydalanmoqda.

Qochoqlar orasida jinoyatchilar, terrorchi va xorijlik jangarilar bor, dedi general.

Denver universiteti tahlilchisi Jonatan Edelmenga ko'ra, Rossiyaning yevropalik qo'shnilariga solayotgan tahdidi haqiqiy.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG