Chikagoda NATO sammiti, minglab namoyishchilar orasida o'zbekistonliklar ham bor


Chikagoda o'zbekistonlik muhojirlar, muxolifat a’zolari va talabalar O’zbekiston paxta dalalarida bolalar zo’rlab ishlatilishiga qarshi, shuningdek, inson huquqlari bilan bog’liq ahvol o’gir ekaniga va repressiyaga urg’u beruvchi plakatlar ko’tarib, Chika

Chikagoda o'zbekistonlik muhojirlar, muxolifat a’zolari va talabalar O’zbekiston paxta dalalarida bolalar zo’rlab ishlatilishiga qarshi, shuningdek, inson huquqlari bilan bog’liq ahvol o’gir ekaniga va repressiyaga urg’u beruvchi plakatlar ko’tarib, Chika

Amerikaning azim shahri, Buyuk ko’llar bo’yidagi Chikago - NATO, Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotining sammitiga mezbon. 28 davlat rahbarlari va vakillari qatnashmoqda.

Diplomatlarning tasdiqlashicha, Markaziy Osiyo respublikalaridan biror prezident kelmagan, faqat tashqi ishlar, xavfsizlik va mudofaa uchun mas’ul rasmiylar tashrif buyurgan.

Chikago ko’chalari bag’oyat gavjum, minglab odamlar namoyishda.

Ularning aksariyati - o’tgan yildan beri xususiy sektor va kapitalizmga qarshi chiqishlar qilayotgan guruhlar.

Biroq muhojirlar, siyosiy faollar va chet ellik yoshlar ham ko'p. Ular o'z ona yurtlaridan kelayotgan liderlar va ular siyosatiga qarshi targ'ibot olib bormoqda. Chikagoda namoyishlar

Chikagoda namoyishlar

Chikago politsiyasi hech kimning huquqi poymol etilmaydi, lekin odamlar tartib saqlashi, qoidalarni buzmasligi kerak deya eslatib turibdi.

Kamida 18 kishi zo'ravonlikda ayblanib, hibsga olingan.

Shahardagi taniqli oliygoh, Nortvestern Universiteti (Northwestern University) professori Yan Xurd fikricha, NATO sammiti qanday kechishi namoyishchilar va politsiya qanchalik til topisha olishiga bog’liq. “Chiqishlar tinch o’tadi degan umiddamiz”, - deydi u. NATO sammitida asosan Afg'oniston kelajagi muhokamada. Barak Obama va Hamid Karzay alohida uchrashib, strategik hamkorlik va urushni qanday tugatish haqida gaplashdi.

NATO sammitida asosan Afg'oniston kelajagi muhokamada. Barak Obama va Hamid Karzay alohida uchrashib, strategik hamkorlik va urushni qanday tugatish haqida gaplashdi.

Chikago - prezident Barak Obamaning ona shahri.

Merilend shtatidagi dala hovlisida Katta Sakkizlik anjumanini yakunlab, Obama bu yerga yo’l olarkan, har burchakda maxfiy xizmat xodimlari ko'zga tashlanadi.

NATO sammitida Afg’oniston kelajagi muhokamada. 2014- yilgacha qilinishi kerak bo’lgan ishlar va mamlakatning undan keyingi taqdiri. Kelasi ikki yil ichida Amerika va uning ittifoqchilari qo’shinlarni olib chiqish niyatida. Tinchlikni ta’minlash astalik bilan mahalliy kuchlar zimmasiga topshirilmoqda.

Prezident Hamid Karzay va uning hukumati har bir viloyatda boshqaruv va xavfsizlikni butunlay o’z nazoratiga olishga tayyor ekanini bildirmoqda. Lekin mamlakat hali uzoq vaqt tashqi dunyoning moliyaviy va texnik yordamiga muhtoj bo’ladi.

Markaziy Osiyodan borayotgan vazirlar Amerika, Pokiston, Afg’oniston va NATO a’zolari orasidagi muloqotni kuzatadi va parda ortida alohida uchrashuvlar rejalangan. O'zbekiston delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchilik qildi

O'zbekiston delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchilik qildi

AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta va Davlat kotibasi Xillari Klinton boshchilida muzokaralar bo’lib o’tadi. Asosiy mavzu - mintaqa bugun Afg’onistondagi harakatlarni qanchalik quvvatlayotgani, ayniqsa xalqaro koalitsiyaga zarur mahsulotlar tashiladigan Shimoliy Ta’minot Tizimida Markaziy Osiyo o’ynayotgan rol.

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Hamroxon Zarifiy Chikagodan oldin Vashingtonda muzokaralar olib bordi.

“NATO sammitiga yirik davlatlarni tinglash uchun borayapmiz”,- deydi u.

O’zbekistondan sammitda borgan delegatsiyaga Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchilik qilmoqda. Mudofaa vaziri Qobil Berdiyev unga hamroh.

Chikagoda o’nlab o'zbekistonlik namoyishchilar yig’ilgan.

Muhojirlar, muxolifat a’zolari va talabalar O’zbekiston paxta dalalarida bolalar zo’rlab ishlatilishi, shuningdek, inson huquqlari bilan bog’liq ahvol og'ir ekani va repressiyaga urg’u beruvchi plakatlar ko’tarib, Chikagoning markaziy xiyobonlari va katta mehmonlari oldida namoyishlar qilmoqda.

O'zbekistonlik ikki talaba, Vashington shtatida bilim olayotgan Aziz Yo'ldoshev va Dmitriy Nurullayev Sietlda o'z tashkilotlariga asos solgan.

Aziz Yo'ldoshev, talaba

Aziz Yo'ldoshev, talaba

AwarenessProjects.Org (Targ'ibot loyihalari) deb nomlangan guruhning maqsadi - O'zbekistonda aholini qiynayotgan azaliy muammolar, jumladan paxta dalalarida bolalar va yoshlarni majburan ishlatish, inson huquqlari muntazam ravishda buzilishi, xavfsizlik organlarining fuqarolarga o'tkazadigan bosim va tazyiqi haqida xalqaro jamoatchilikni boxabar qilish.

Chikagodagi sammit, deydi Dmitriy Nurullayev "Amerika Ovozi" bilan gaplashar ekan, nafaqat amerikaliklar balki chet ellik mehmonlar e'tiborini qozonish uchun bir imkoniyat.

Plakatlarga "O'zbekistonda bolalar mehnatini to'xtating", "O'zbekiston paxtasini sotib olishni bas qiling", "O'zbekiston paxta sanoatiga iqtisodiy sanksiya qo'ying", "O'zbek bolasi qul emas", "Bolalarni paxta terdirmay o'qitish kerak" degan chaqiriqlar yozilgan.

Bu yoshlarga AQShda asoslangan "Birdamlik" harakati a'zolari ham qo'shilgan. Turli shtatlardan o'nlab o'zbek muhojirlar ularni quvvatlamoqda. Dmitriy Nurullayev, talaba

Dmitriy Nurullayev, talaba

O'zbekiston bilan hamkorlik qilayotgan, uni yirik siyosiy yig'inlarga chaqirib, maslahat qilayotgan G'arb respublikadagi muammolarga ko'z yummasligi kerak, deydi Aziz Yo'ldoshev.

Lekin, deya so'raymiz ulardan, Chikagodagi sammitga borgan diplomatlar O'zbekiston bilan ancha tanish va bugungi hamkorlik aynan Afg'onistondagi murakkab vaziyat bilan bog'liq desa nima deysiz?

O'zbekistonlik muhojirlar Chikago ko'chalarida

O'zbekistonlik muhojirlar Chikago ko'chalarida

Yoshlarning javobi ham bir savol: Afg'onistonda demokratik jamiyat quramiz deb bong urayotgan Amerika qo'shni davlatdagi ahvol yomonlashishi, fuqarolar yanada ezilishi uchun hissa qo'shmayaptimi?

Guruhni Xalqaro Mehnat Huquqlari Tashkiloti moliyaviy tomondan qo'llamoqda. Human Rights Watch va boshqa muassasalar bilan ham hamkorlik bor.

O'tgan hafta Aziz Yo'ldoshev va Dmitriy Nurullayev o'z tashkiloti nomidan O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga maktub yo'llagan. Unda yoshlar bosh diplomatdan huquq va erkinlik masalasiga e'tibor qaratishni, O'zbekistonning chet eldagi obro'siga putur yetkazayotgan muammolar yechimi uchun harakat qilishni so'raydi.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

XS
SM
MD
LG