NATO Suriya mojarosiga aralashmaydi

  • Amerika Ovozi

NATO bosh kotibi Anders Fog Rasmussen

NATO bosh kotibi Anders Fog Rasmussen

NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen alyans Suriyadagi mojaroga aralashmasligini ma’lum qildi.

Biroq, dedi u, mojaro mintaqa bo’ylab yoyilib, ittifoqchilar xavfsizligiga tahdid sola boshlasa, NATO chora ko’rishga majbur bo’ladi.

Bugun Bryusselda NATO ga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari majlis qildi. Unda Shimoliy Koreyaning so’nggi paytdagi do’q-po’pisalari qoralandi.

Vazirlar Afg’onistondan qo’shinlarni olib chiqish rejasi va afg’on harbiylariga 2014-yildan so’ng yordam berish xususida ham gaplashdi.

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Bryusselda Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay va Pokiston rasmiylari bilan uchrashadi.

Bu o'rtada Isroil Suriya hukumatini isyonchilarga qarshi kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblamoqda. Isroil harbiy razvedkasining izlanishlar va tahlillar bo’limi rahbari general Itai Brun nerv paralichiga sabab bo’luvchi zarin gazi ishga solingan, deya taxmin qilmoqda.

Suriya hukumati va isyonchilar bir-birini bu ishda ayblab keladi. BMT Suriyaga taftish guruhini yuborib, masalani tergov qilmoqchi, ammo Damashq inspektorlarni mamlakatga kiritmayapti.

Zarin zaharli gaz bo’lib, nafas yo’llarining qisilishi, falajlanishga olib keladi. 1995-yilda Tokio metrosida diniy radikallar zarin gazini ishlatib, 13 kishining o’limiga sabab bo’lgan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG