NATO-Turkiya: Radar tizimi faqat harbiy ittifoq uchun xizmat qiladi

  • Amerika Ovozi

NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen va Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davuto'g'lu, Anqara, 17-fevral 2012

NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen va Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davuto'g'lu, Anqara, 17-fevral 2012

Turkiya NATO, Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotiga a’zolikka kirganiga shu kunlarda 60 yil bo’ldi. Bu munosabat bilan ushbu harbiy ittifoq Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Anqaraga safar qilib, qator masalalarni muhokama qilgan, jumladan Eron, Suriya va Afg’oniston.

Turkiya, Eronning qo’shnisi, hududida NATO radar sistemalari joylashtirilgan. Anqara blok a’zosi sifatida buni bir paytlar sharaf deb bilgan bo’lsa, bugunga kelib ancha xavotirda.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Dovudo’g’lining qayd etishicha, NATO inshootidan uchinchi davlat foydalanmaydi, ayniqsa gap agar Isroil haqida ketayotgan bo’lsa. NATO radar sistemasi faqat NATO a’zolari uchun xizmat qiladi, deydi u.

Harbiy alyans Bosh kotibi Rasmussen ham buni ma’qullab, radar sistemasidan olingan ma’lumot faqat NATO tomonidan qo’llanadi, deydi.

Turkiya matbuotining yoritishicha, Amerika va Isroil bu informatsiyadan go’yoki ehtimoliy urush uchun foydalanishi mumkin.

AQSh nazarida bu safsata. NATO rasmiylaridan ham shuni eshitasiz.

Rasmussen Suriya masalasiga to'xtalar ekan, tashkilot u yerdagi vaziyatga aralashmaydi, dedi. Insonparvarlik yordami berilishi mumkin, lekin harbiy missiya haqidagi yolg'on ma'lumotlarga ishonmang, deydi NATO rahbari.

Hozirgi pozitsiya shuki, Bashar al-Assad hokimiyatni tark etishi kerak, chunki xalq undan to'yganini bayon etib bo'ldi, ortiqcha qon to'kishga hojat yo'q.

Rasmussen Turkiyaning Suriya yuzasidan olib borayotgan harakatlarini ijobiy baholab, Afg’onistonda mahalliy xavfsizlik kuchlarini tayyorlashdagi xizmatlarini ham maqtadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG