NATO: Rossiya Ukraina bilan chegaradan askarlarini chaqirib olsin

  • Amerika Ovozi

Kiyevda faollar xavfsizlik kuchlari bilan olishayapti. 7-avgust, 2014-yil.

Kiyevda faollar xavfsizlik kuchlari bilan olishayapti. 7-avgust, 2014-yil.

NATO, Shimoliy Atlantika harbiy bloki bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Rossiyani Ukraina bilan urush yoqasidan qaytishga, chegaradagi minglab askarlarini chaqirib olishga undadi.

Rasmussen bugun Ukraina poytaxtida so’zlab, rasmiy Kiyevni rusparast bo’lginchilarga qarshi kurashda qo’llab-quvvatladi.

“Rossiya agressiyasiga javoban, NATO Ukraina bilan undanda yaqin ishlab, bu davlatning qurolli kuchlar va mudofaa institutlarini mustahkamlashga harakat qilayapti”, - deydi Rasmussen.

NATO rahbari Moskvani ayirmachilarga yordamni oshirayotganlikda aybladi.

G’arb tahlilchilarining aytishicha, taxminan 20 ming rus askari Ukraina bilan chegaradosh hududlarda joylashgan.

Ham piyoda qo’shinlar, ham zirxli texnika, maxsus kuchlar va jangovar samolyotlar haqida gap ketmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa jangovar mashqlar bundan ancha oldin rejalanganini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG