Breaking News

AQSh, NATO: Afg'onistonda qancha qo'shin bo'ladi?


NATO afg'on kuchlarini treningdan o'tkazmoqda
NATO afg'on kuchlarini treningdan o'tkazmoqda

AQSh Afg'onistonda hozir 9800 qo'shinga ega. NATO bilan hamkorlikda afg'on qo'shinlari treningdan o'tkazilmoqda. Yaqin kelajakda amerikalik zobitlar soni kamayishi mumkin.

NATO Afg'onistonda jami 12800 harbiy xizmatchiga ega. Amerikaning 6900 askari shu qo'shin tarkibida. Yana 2900 amerikalik zobit esa terrorizmga qarshi kurash bilan mashg'ul.

NATO rasmiysi Petr Pavelning jurnalistlarga aytishicha, qo’shinlar soni o’zgarmaydi, chunki Afg'oniston hamon ancha beqaror.

Prezident Barak Obama AQSh qo’shinlari sonini shu yil oxirigacha 5500 ga kamaytirishi mumkinligi haqida gapirgan edi. NATO Oq uy qarorini kutmoqda.

AQSh qancha qo'shin qoldirishidan qat’i nazar, Yevropa davlatlari nazarida xalqaro dasturlar davom etishi lozim. Masalan, qoradori sanoati va savdosi Afg'oniston uchun jiddiy tahdid.

Bundan tashqari mahalliy uchuvchilarni treningdan o’tkazish va razvedka ma’lumotlarini to’plash ham ustuvor vazifalar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG