NATO, AQSh Afg'onistondagi urushni yakunladi

  • Amerika Ovozi

Kobul, Afg'oniston, 28-dekabr, 2014-yil.

Kobul, Afg'oniston, 28-dekabr, 2014-yil.

Qo'shma Shtatlar va NATO Afg'onistondagi 13 yillik urushni tamomlayapti. Bugun Kobulda koalitsiyaning qarorgohida harbiy kampaniyani rasman yakunlovchi marosim o'tayapti.

Xavfsizlik bois marosim haqida jamoatchilikka oldindan xabar berilmagan.

Afg'oniston armiyasi va maxsus kuchlarini mashqdan o'tkazib, maslahat bilan yordam berish maqsadida 13 ming xorijlik askar xizmatni davom ettiradi.

"Afg'oniston qurolli kuchlaridan ko'nglim to'q", - deydi kobullik fuqarolardan biri. "NATOdan mas'uliyatni qabul qilib olishga qodir bu harbiylar. Ulardan faxrlanamiz", - deydi u.

Shu bilan birga, afg'onlar xalqaro kuchlarning qo'llab-quvvatlovi va maslahati hanuz muhim ekanini tan oladi.

Urush avjiga chiqqanida Afg'onistonda 50 davlatdan 140 ming harbiy bor edi. 2001-yildan beri urush chet ellik salkam 3500 askarning boshini yedi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG