AQSh "Islomiy davlat"ga qarshi dengizdan hujumlar boshladi

  • Amerika Ovozi

Qo'shma Shtatlar "Islomiy davlat" ekstremistlar to'dasini bir paytning o'zida O'rta dengiz va Fors ko'rfazidan nishonga olmoqda. 2003-yilda Iroq bosib olinganidan beri Yaqin Sharqda bunday operatsiya o'tkazilmagan edi.

Iroq va Suriyaning har ikki tarafida AQShning samolyot tashuvchi "USS Boxer" va "Truman" kemalari joylashtirilgan bo'lib, ulardan jangari manzillariga bombalar yog'dirilyapti.

"Biz istagan payt va istagan joydan hujumlarni amalga oshira olishimizni namoyish etayapmiz", - deydi harbiy-dengiz kuchlari kapitani Kit Mur.

16-iyun kuni qiruvchi samolyotlar kemalardan osmonga ko'tarilib, "Islomiy davlat" guruhining Iroq shimolidagi qarorgohlarini bombardimon qildi.

Polkovnik Entoni Hendersonning aytishicha, Iroq xavfsizlik kuchlari Falluja shahrini ozod etishga harakat qilayotgan bir paytda havo hujumlari muhim rol o'ynaydi.

AQSh boshchiligidagi xalqaro kuchlar 2014-yildan buyon Iroqdagi jangarilarga 8600 marta, Suriyadagi manzillariga esa 4000 marta zarba bergan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG