Oyga chiqqan ilk fazogir Nil Armstrong vafot etdi

  • Amerika Ovozi

Apollon-11 kemasi qo'mondoni Nil Armstrong va fazogir Edvin Oldrin Oyda, 20-iyul, 1969-yil.

Apollon-11 kemasi qo'mondoni Nil Armstrong va fazogir Edvin Oldrin Oyda, 20-iyul, 1969-yil.

Oyga qadami yetgan ilk inson, AQSh fazogiri Nil Armstrong kecha 82 yoshda Ogayo shtatidagi uyida vafot etdi.

Armstrong 1969-yil 20-iyulda Apollon-11 fazo kemasida Oyga qo’nib, quyidagi tarixiy gapni aytgan edi: “Inson uchun bu kichik bir qadam insoniyat uchun uzoqqa sakrash bilan tengdir”.

Armstrong sherigi Edvin Oldrin bilan Oy bo’ylab salkam uch soat sayr qilgan. So’nggi yillarda xilvatda xayot kechirgan.

Prezident Barak Obama afsonaviy fazogirni xotirlab, uni Amerikaning buyuk qahramonlaridan biri deb atadi.

“Armstrong va sheriklari Oyga parvoz qilganda, Vatanimizning barcha umid va intilishlarini o’zlari bilan olib chiqdilar. Amerikaning ruhi aql bovar qilmaydigan narsalarga qodir ekanini namoyish etdilar”, dedi Obama.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG