Nemsovning qotilligiga aloqadorlik gumoni bilan besh kishi hibsga olingan

  • Amerika Ovozi

Gumondorlardan biri Zaur Dadayev sud zalidan olib chiqilmoqda, Moskva, 8-mart, 2015-yil

Gumondorlardan biri Zaur Dadayev sud zalidan olib chiqilmoqda, Moskva, 8-mart, 2015-yil

Rossiyada muxolifat yetakchisi Boris Nemsovning o'limiga aloqadorlik gumoni bilan besh kishi hibsga olingan.

Ulardan ikkisi qotillikda ayblanmoqda - chechen politsiyasida ishlagan Zaur Dadayev va Moskvada qo'riqchilik bilan shug'ullanuvchi xususiy firmada ishlagan Anzor Gubashev. Ikkisi ham chechen millatiga mansub. Qolganlari so'roq qilinyapti. Nemsov 27-fevral kuni Kreml yonida otib ketilgan.

Dadayev aybiga iqror bo'lgani aytilmoqda. Uning onasi o'g'lining bu ishga aloqadorligini inkor etmoqda.

Nemsovning nima maqsadda o'ldirilgani hozircha noma'lum. Uning safdoshlari Prezident Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi Kreml buyrug'iga ko'ra o'ldirilganini aytmoqda.

Putin nazarida bu provokatsiya, hukumat bu ishning tagiga yetadi, aybdorlar jazolanadi.

Nemsovning yordamchilaridan biri Ilya Yashin qo'lga olinganlarning haqiqiy qotil ekanidan shubhalanmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG