Breaking News

Nepalni kuchli zilzila qaqshatdi

Nepalda bugun qairyb 8 balda yer qimirlab, 1400 dan oshiq odamni hayotdan olib ketdi. Zilzila ketidan yana bir necha silkinishlar ro'y berdi. Tabiiy ofat markazi poytaxt Katmandudan 80 kilometrcha shimolda. Mahalliy vaqt bilan tushda sodir bo'lgan voqea hududni vayron qilgan. Jarohatlanganlar juda ko'p. Katmanduda 19-asrdan qolgan bino qulagan, ostida o'nlab odamlar qolib ketgan. O'tgan 80 yil ichida Nepalda bu qadar qaqshatqich ofat ro'y bermagan. Himolay to'glarida qor ko'chishi kuzatilib, u yerda ham bir necha odam jon bergan. Dunyodagi eng baland Jomolungma cho'qqisi bir necha sekun davomida silkingan. Qo'shni Hindistonda ham yer qimirlashidan 20 kishi o'lgani aytilmoqda.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG