Breaking News

Nepalda zilzilada yaqinlarini yo'qotgan oilalarga 1400 dollar berilmoqda


Nepal poytaxti Katmandu zilziladan so'ng, 1-may, 2015-yil
Nepal poytaxti Katmandu zilziladan so'ng, 1-may, 2015-yil

Nepaldagi dahshatli zilzila oqibatida o'lganlar soni oshishda davom etmoqda. Shu kungacha 6200 dan ziyod odamning nobud bo'lgani aniqlandi.

Mutaxassislar vayronalar ostidan hali ham jasadlarni chiqarmoqda. Nepal hukumati yaqinlarini yo'qotgan oilalarga yordam tariqasida ming dollar va dafn marosimi uchun yana 400 dollar bermoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko'ra, zilzila sakkiz million odamning hayotiga ta'sir qildi, ikki millioni uyini tashlab chiqishga majbur bo'ldi.

Kecha poytaxt Katmanduda vayronalardan ikki odam tirik chiqarildi - 15 yashar o'smir va 30 yashar juvon.

"Amerika Ovozi" muxbiri Stiv Xerman Majigaon qishlog'iga borgan. Unga ko'ra, qishloqdagi har bir uy vayron bo'lgan, yo'llar yomon, chorva zarar ko'rgan.

Mutaxassislar Nepalning qadimiy va tarixiy obidalariga yetgan zarar ko'lamini o'rganmoqda. YUNESKO vakili Kristian Manxartning aytishicha, Jahon merosi obidalari ro'yxatiga kiruvchi yetti joydan uchtasiga jiddiy zarar yetgan.

YUNESKO vakiliga ko'ra, ularni ta'mirlasa bo'ladi, ammo bunga 10 yildan oshiq vaqt ketishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG