Mardi Gra festivaliga oz qoldi

  • Amerika Ovozi

Mardi Gra festivaliga oz qoldi

Mardi Gra festivaliga oz qoldi

Har yili Amerikaning Yangi Orlean shahri katta, rangba-rang shodiyonaga cho’madi. “Mardi Gra” festivali paytida kamalakday jilolangan karvonni deb ko’chalardan o’tolmaysiz.

Bayramni tashkillashtirish, kiyim-kechak, bezak, jihozlarni tayyor qilish oson ish emas. Buning uchun ustalar, rassomlar yollanadi.

Yangi Orlean ahli “Mardi Gra”ni bir necha kun nishonlaydi, lekin taraddudga bir yil kerak.

Ustalar kelasi yilgi tadbirga fevralda tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. Ish degan bir dunyo. “Mardi Gra” fransuzchadan o’girilganda “Yogli, semiz seshanba” degani.

Mardi Gra festivaliga oz qoldi

Mardi Gra festivaliga oz qoldi

Xristianlarning 40 kunlik ro’zasidan oldin keladi. Ro’zadan keyin esa Pasxa nishonlanadi. Hunarmandlardan biri Shon Lenni gapiradi:

“Sentabrda gul yasashga o’tiramiz. Lekin tayyorgarlik undan ancha oldin boshlanadi. Hal xil yangi fikrlar o’rtaga tashlanadi, keyin yozuv-chizuvga o’tiladi".

"Rejissyor va yordamchilari paradning shakl-shamoyili, bosh mavzusini muhokama qiladi va raqslarni rejalab, sahnani to’g’rilaydi”.

Maxsus katta ustaxonada o’ziyurar sahnalar yasaladi. Asosan, penoplast va tasmalar qo’llanadi. Usti keyin papye-mashe bilan qoplanadi.

Ana undan so’ng navbat rassomlarga. “Mardi Gra” ustaxonasi qaysidir ma’noda muzey hamdir.

Tomoshabin sahna ortiga kirib ko’rish imkoniga ega. Nyu-Yorkdan kelgan mehmonlar festivalni ko’rish ilinjida.

Mardi Gra festivaliga oz qoldi

Mardi Gra festivaliga oz qoldi

“Senga yoqishi qiyin deb aynitishdi boshida meni. Lekin bu xazinani o’z ko’zim bilan ko’rib, og’zim ochilib qoldi. Ranglarni aytmaysizmi!” - deydi tomoshabin.

“Mardi Gra” ustaxonasi oilaviy biznes. 1947-yilda Bleyn Kern asos solgan.

Nevarasi Brayan ko’p narsa o’zgargan, deydi:

“Yangi Orleanda eng boshida bitta sahnada 12 kishi tura olgan. Bugun 250 odam sig’adigan, bir necha bo’limli jihoz yasab bera olamiz. Otamning sharofati bilan… hamma narsa kattaroq, zo’rroq, chiroyliroq bo’lishini istardi otam. Qo’limizdan keladigan ishda!”

150 yildan beri kanda qilmay o’tkaziladigan “Mardi Gra” shodiyonasining shohi mana shu ajoyib minbarlardir.

Mardi Gra festivaliga oz qoldi

Mardi Gra festivaliga oz qoldi

Marosim paytida-ku shaharni mehmon, qarindosh-urush bosadi.

Brayan Kern sayyohlardan hech nolimaymiz, kelaverishsin, deydi.

“Bu bayram butun bir mexanizm. Milliard dollarlik biznes bu. Shahar ahli tirikchiligi uchun yaraydi. Har yili karnavalimizda 40 yoki 50 ming odamga joy topiladi. Din, madaniyatimizga aylandi qo’ydi”, - deydi Kern.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG