Yangi Orleanning qadim va antiqa tramvaylari

  • Amerika Ovozi

Yangi Orlean, Luiziana shtati

Yangi Orlean, Luiziana shtati

AQShning Yangi Orlean shahridagi tramvay tizimi – dunyodagi eng ko’xnalaridan. Hayotni bu yerda tramvaysiz tasavvur qilish qiyin. Shahar hokimiyati benzin narxi oshayotgan bir paytda aynan shu tizimni rivojlantirishga qaror qildi. Arzon, qulay va antiqa.

Yangi Orleanda tramvay yura boshlaganiga 150 yildan oshdi. Bu transport vositasi yo’qolib ketmaydi, uning kelagi bor, deydi 10 yildan buyon haydovcilik qilayotgan Entoni Folls.

“Birinchidan, bu dunyodagi eng qadimgi tramvay timizlaridan. Ikkinchidan, bu shahrimiz tarixi va faxri. Bir paytlar qora tanlilar tramvay haydovchisi bo’lolmas edi. Men esa mana ishlayapman. Endi vaziyat boshqacha-da”,- deydi u.

Qulayroq transport, masalan avtobusu-avtomobillar rivojlanishiga qaramay, tramvaylar yo’lovchilarga to’la. Odamlar mamnun.

“Maktabga tranvayda qatnaganman. Tushlikka chiqmoqchi bo’lsak, bir sakrab tramvayga chiqib olardik… Qulay va arzon”, - deydi ulardan biri.

“Tramvayda yurish zo’r, boshqacha. Biz Kaliforniyadanmiz, bizda hamma shoshgani-shoshgan. Tramvayda esa atrofni tomosha qilasiz”, - jo'r bo'ladi unga yana bir sayyoh.

“Menga tramvayning nimaga yoqishini aytaymi? Bu tariximiz axir! Eski tramvaylar ham ishlab turibdi. Agar ular ishdan chiqsa, ta’mirlab yana ishlatishar ekan. Tarixiy Yangi Orleanni ko’rasiz unda!”

2012-yildan Yangi Orleanda yangi tramvay marshrutlari ishga tushdi. Mamlakat bo’ylab yana 20 shunday tizim rejalangan.

Yangi Orleandan 3000 kilometr uzoqlikda joylashgan Portlend, Oregon shtatidagi yirik shahar, 2001-yilda tramvay yo’li yotqizgan edi. Joriy yilda yana bir tramvay liniyasi qurib bitkaziladi. Minglab odamlar bu transportdan foydalanadi. Jamoatchilik minnatdor.

Yangi Orlean transport boshqarmasi vakili Dominik Monkada deydiki, yaqin yillarda tramvay tizimlari yanada kengayadi:

“Benzin narxlari oshaverganidan keyin, jamoat transporti agentliklari aholi ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa transport vositalarini izlay boshladi. Arzon va qulay”.

Yangi Orlean shu tariqa tramvaylar qayta tug’ilgan shahar sifatida namuna bo’lmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG