Breaking News

Tahdidlarga qaramay, dunyo bo'ylab yangi yil tantanalari osoyishta o'tdi


Dunyoning turli burchaklarida, jumladan har yili millionlab sayyohlarni jalb etuvchi Nyu-Yorkda yangi yil katta dabdaba bilan kutib olindi. Mashhur Tayms maydonida kecha qariyb bir million odam to'plandi.

Shaharda xavfsizlikni ta'minlash uchun 6 ming politsiyachi safarbar etilgan. Hafta boshida bu yerda 25 yoshli yigit hisbsga olingan. U Nyu-York restoranlaridan biriga "Islomiy davlat" guruhi nomidan hujum uyushtirmoqchi bo'lganlikda ayblanmoqda.

Terror tahdidi bois ayrim mamlakatlarda, xususan, Belgiyada katta tadbirlar bekor qilingan. Germaniyada ikki temir yo'l vokzalidan yo'lovchilar evakuatsiya qilinib, poyezdlar qatnovi to'xtatilgan. Moskvadagi Qizil maydon ham yangi yil kechasi yopiq edi.

Germaniya politsiyasiga ko'ra, Myunxen shahridagi temir yo'l vokzallarida yarim tunda portlashlar sodir etilishi mumkin, degan ma'lumot qo'lga kiritilgan.

"Islomiy davlat" ekstremistlar to'dasining 6-7 a'zosi o'zini portlatishni rejalagani haqida do'stona davlat razvedkasidan ma'lumot oldik va xavfsizlik choralarini kuchaytirdik, deya tushuntirdi Bavariya Ichki ishlar vaziri Yoakim Herman. Vokzallar tongga yaqin qayta ochilgan.

Indoneziya, Fransiya va Turkiyada ham yangi yil xavfsizlikka e'tibor oshirilgan bir vaziyatda nishonlandi.

Belgiya
Belgiya

Filippin
Filippin

Britaniya
Britaniya

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG