Nyu-Yorkda bolta ko'targan shaxs politsiyachilarga hujum qildi

  • Amerika Ovozi

Bir ofitser qo'lidan, boshqasi boshidan jarohatlangan. Shundan keyin politsiyachilar hujumchini otib o'ldirgan.

Bir ofitser qo'lidan, boshqasi boshidan jarohatlangan. Shundan keyin politsiyachilar hujumchini otib o'ldirgan.

Nyu-Yorkda bolta ko'targan odam politsiyachilarga hujum qilgan payt otib o'ldirilgan. Zeyl Tompson ismli bu shaxs ofitserlardan birini qattiq jarohatlab ulgurgani ma'lum.

Nyu-Yorkning Kvins mahallasida politsiya akademiyasi bitiruvchilari suratga tushayotganida hujumga uchragan.

Bir ofitser, Jozef Miker qo'lidan, boshqasi, Kennet Xeyli boshidan jarohatlangan. Shundan keyin politsiyachilar hujumchini otib o'ldirgan.

Voqea Kanadadagi o'xshash hujumdan bir kun o'tib ro'y bergan. Ottavada urush memorialida bir odam soqchini otib o'ldirgan, keyin parlament binosiga bostirib kirganida boshqa ofitserlar tomonidan to'xtatib qolingan edi.

Nyu-York politsiyasi rasmiysi Vilyam Bratton hamla ortidagi sabablar hali noma'lum, deydi.

Bolta boshiga tekkan ofitserning ahvoli og'ir ekani aytilmoqda. Ofitserlar otgan o'q yaqin-atrofdagi yo'lovching beliga tekkan va u hozir kasalxonada.

Nyu-York va Vashingtonda xavfsizlik choralari oshirilgan, politsiya va harbiylarga ogoh bo'lish tavsiya qilinmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG