Nyu-Yorkda terrorchilik gumoni bilan bir kishi qo'lga olingan

  • Amerika Ovozi

Nyu-York meri Maykl Blumberg jurnalistlarga Xose Pimentel hibsga olinganini ma'lim qildi.

Nyu-York meri Maykl Blumberg jurnalistlarga Xose Pimentel hibsga olinganini ma'lim qildi.

Nyu-York meri Maykl Blumbergning bildirishicha, pochta binosi, politsiya avtomashinalari hamda Iroq va Afg’onistondan qaytgan askarlarga hujum uyushtirishni rejalashtirganlikda ayblanib bir kishi hibsga olingan.

27 yoshli Xose Pimentel Al-Qoida terror tashkiloti tarafdori, lekin yakka holda harakat qilgan, dedi yakshanba kuni jurnalistlar bilan uchrashgan Blumberg.

Nyu-York politsiyasi boshlig'i Reymond Kellining ma’lum qilishicha, uchta bomba yasashni boshlab qo'ygan Pimentel shanba kuni hibsga olingan. Unga terrorchilik maqsadida bomba yasash va zo’ravonlik sodir etishga urinish ayblari qo’yilgan.

AQSh fuqarosi Pimentel Dominikan respublikasida tug’ilgan, lekin asosan Nyu-Yorkda yashagan. Rasmiylarning bildirishicha, u islom dinini qabul qilib ismini Usama Husaynga o’zgartirmoqchi bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG