Breaking News

Internet bosma matbuotni daromaddan ayirdi


Qo’shma Shtatlarda bosma matbuot qiyin davrni boshdan kechirmoqda, obunachilar kamayib ketgan. Axborotni odamlarga yetkazib, daromad olishning yangi yo’llarini izlab topish kerak. Gazetalar kelajagi shunga bog’liq.
Internet bosma matbuotni daromaddan ayirdi/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:00 0:00
Yuklab oling

Amerikada gazeta o’qiydiganlar borgan sari kamayib ketyapti. Yoshlar axborotni internetdan oladi.

“Newsweek” jurnali 2012-yil dekabrida elektron nashrga aylangan edi, ammo yaqinda yana bosma holda chiqa boshladi.

Jurnalning yangi egasi, “IBT Media” kompaniyasi xodimi Keyt Gardner asosiy auditoriya yoshlar emas, deydi.

“Bizning mijozlar yoshi kattaroq, o’ziga to’q odamlar. Xalqaro siyosat va iqtisodga qiziqadigan yoki kasbi shu sohalar bilan bog’liq mushtariylar. Lekin ijtimoiy tarqmoqlarda yoshlarni ham jalb qilamiz”, - deydi u.

Texas shtati poytaxti Ostinda har yili media kompaniyalar konferensiya o’tkazib, yangi elektron mahsulotlarini reklama qiladi, fikr almashadi.

“Knight” jamg’armasidan Maykl Meynesga ko’ra, internet jurnalistika kurtak otayotgan, bebosh soha.

“Istagan odam istaganini yozayapti. Muhim ma’lumotni ajratib olish qiyin”, - deydi u.

Hajmi kattaroq, sifatli maqolani o’qishga yoshlarda toqat yo’q. Xabar lo’nda bo’lishi kerak. Lekin Meynes fikricha, ularni jiddiy materiallar bilan jalb qilsa bo’ladi.

“Mavzuni chuqur o’rganishga xohish bo’lmasa-da, dunyoda bo’layotgan voqealardan xabardor ular. Kontekstga qo’yib, yoshlarga moslab, boshqa yo’llar bilan yetkazish kerak”, - deydi Meynes.

Ayrim elektron nashrlar bir shtat yoki shahar siyosatiga molik muayyan temalarni bafurja yoritib, e’tibor qozonyapti.

“Texas Tribune” sayti shu orqali oyoqqa turib oldi. Mahalliy siyosat, ijtimoiy masalalar uning noni. Ham xususiy manbalardan, ham biznes qilib daromad oladi.
O’z yo’lini topishga harakat qilayotgan boshqa axborot manbalari uchun namuna, deydi “Texas Tribune” da amaliyot o’tayotgan Jeyk Batsell.

“Gazetalar muntazam daromad kelib turadigan 5-6 manbani topmasa bo’lmaydi. Buni diversifikatsiya deyishadi”.

“Texas Tribune” sahifasida chiqqan maqolalar mukofotlarga sazovor bo’lib, endi biznesni kengaytirmoqda. Moliyaviy mustaqillikda gap ko’p, deydi Batsell.

“Agar donorlardan biri gazetaga o’z so’zini o’tkazishga, axborot sifatiga ta’sir etishga harakat qilsa, pulini qaytarib berasiz, vassalom”, - deydi u.

Axborot agentliklari, deydi suhbatdosh, hokimiyat organlari faoliyatini yaqindan kuzatadi, ammo ularning ishi qanchalik samarali bo’lishi o’quvchilarga, kengroq auditoriyaga bog’liq.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG