Qaddafiyning o'g'lilaridan biri Nigerda siyosiy boshpana oladi

  • Amerika Ovozi

Saadiy Qaddafiy otasining davrida Tripolida katta lavozimda o'tirar edi, hatto voris deya taxmin qilinar edi. Muammar Qaddafiyning boshqa o'g'lilari, xususan Saif al-Islom ham hokimiyatga kelishi mumkin degan ishonch baland edi.

Saadiy Qaddafiy otasining davrida Tripolida katta lavozimda o'tirar edi, hatto voris deya taxmin qilinar edi. Muammar Qaddafiyning boshqa o'g'lilari, xususan Saif al-Islom ham hokimiyatga kelishi mumkin degan ishonch baland edi.

Afrikaning Niger davlati Liviya sobiq rahbari Muammar Qaddafiyning o’g’lilaridan biriga boshpana berishga qaror qilgan.

Saadiy Qaddafiy yurtini avgust oyida tark etib, bu qo’shni mamlakatdan vaqtincha panoh topgan edi.

Muammar Qaddafiyni 42 yillik hukmronlikdan keyin rahbarlikdan ag’dargan inqilobiy kuch va hozirda Liviyani boshqarayotgan Milliy Muvaqqat Kengash Saadiy va uning akasi Saif al-Islomni xalqqa qarshi jinoyatlarda ayblab, xalqaro sudda javob berishini istaydi.

Saif al-Islomning qayerda ekani noma'lum

Saif al-Islomning qayerda ekani noma'lum

Niger hukumatining bildirishicha, Saif al-Islom u yerda emas.

"Agar u ham siyosiy boshpana so’ragan taqdirda masala ko’rib chiqiladi",- deydi Niger prezidenti Mahamadu Issufu.

Saif al-Islom o'zini Xalqaro Jinoyat Sudiga topshirmoqchi ekani haqida ham ma'lumotlar bor.

Qaddafiy oilasining boshqa a'zolari Jazoirda ekani ma'lum. Yana bir o'g'li Mutaassim oktabr oyida otasi bilan bir kunda o'ldirilgan.

Saadiy Qaddafiy otasining davrida Tripolida katta lavozimda o'tirar edi, hatto voris deya taxmin qilinar edi.

Muammar Qaddafiyning boshqa o'g'lilari, xususan Saif al-Islom ham hokimiyatga kelishi mumkin degan ishonch baland edi.

Yetti o'g'ildan uch nafari - Mutaassim, Xamis, Saif al-Arab - inqilobiy kuchlar va NATO hujumlarida o'lgan. Qizi Oysha va yana ikki o'g'li - Muhammad va Gannibal - Jazoirda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG