Nigeriyaning Abuja shahri portlashdan larzaga keldi

  • Amerika Ovozi

Gavjum savdo markazidagi bu voqeada kamida 21 kishi o'lgan. Abuja oxirgi oylardan bir necha bor qonli hamlalarga sahna bo'ldi.

Nigeriya politsiyasining aytishicha, Abuja shahri portlashdan larzaga kelgan. Gavjum savdo markazidagi bu voqeada kamida 21 kishi nobud bo'ldi.

Politsiya deydiki, jarohat olganlar 17 kishi. Rasmiylar bir necha odamni hibsga olgan; portlash ortidagi sabablar hali aniq emas.

"Amerika Ovozi" muxbiri savdo markazi tevaragida masjid binosiga ham ziyon yetganini aytadi.

Abuja oxirgi oylardan bir necha bor qonli hamlalarga sahna bo'ldi.

Aprel oyida shahar chekkasidagi avtobus bekatida portlash 70 dan ziyod odamni hayotdan olib ketgan edi.

Boko Haram radikal diniy guruhi o'shanda hujum uning ishi ekanini aytgan edi. Jangarilar oxirgi besh yilda Nigeriya shimolida va qo'shni davlatlarda minglab odamlarning o'limiga sabab bo'ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG