"Boko Haram" qo'lidan 243 qiz ozod etildi

  • Amerika Ovozi

Nigeriyada asoslangan terrorchi guruh qizlarni o'g'irlab, pul undirishga o'rgangan

Nigeriyada asoslangan terrorchi guruh qizlarni o'g'irlab, pul undirishga o'rgangan

Nigeriyada "Boko Haram" terror guruhi o'g'irlab ketgan yuzlab ayollardan 234 nafari ozod qilingan.

Sambisa o'rmonida o'tkazilgan harbiy operatsiya samara berib, qizlar qutqarildi, deya bildiradi mamlakat armiyasi.

Terrorchilar qo'rg'oni vayron qilindi va "Boko Haram" ning bir necha a'zosi o'ldirildi, deyiladi rasmiy bayonotda. Amaliyot payshanba kuni o'tkazilgan.

Hafta boshida ham shunga o'xshash operatsiya natijasida o'nlab qizlar uyga qaytgan.

Yaqinda prezident saylovlari o'tib, yangi rahbar Muhammad al-Buxoriy ish boshlar ekan, "Boko Haram" ga qarshi kurash kuchayishi kutilmoqda. Bu guruh bir necha yillardan beri hukumat bilan olishib keladi. Maqsadi Afrika shimolida "islomiy amirlik" tuzish va sharia asosida yashashni yo'lga qo'yish.

"Boko Haram" g'arbcha madaniyat va bilimni qoralaydi va aynan nasroniy maktablarida o'qiydigan yoshlarni garovga olib, ular evaziga millionlab dollar undirishga urinadi.

180 millionga yaqin aholisi bilan Nigeriya Afrikadagi eng yirik jamiyat. Aholining yarmi nasroniy, qolgani asosan musulmonlar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG