Xalqaro Amnistiya: Nigeriya hukumati hujumdan ogoh edi

  • Amerika Ovozi

Afrika davlatlari bo'ylab o'quvchi qizlarni ozod qilishga da'vatlar yangrayapti. Yoxannesburg, Janubiy Afrika respublikasi, 8-may, 2014-yil.

Afrika davlatlari bo'ylab o'quvchi qizlarni ozod qilishga da'vatlar yangrayapti. Yoxannesburg, Janubiy Afrika respublikasi, 8-may, 2014-yil.

Huquq tashkilotining bildirishicha, Nigeriya xavfsizlik kuchlari qizlar maktabi jangarilar hamlasiga uchrashi haqida oldindan bilgan, lekin chora ko'rmagan.

Inson huquqlari tashkilotining bildirishicha, Nigeriya xavfsizlik kuchlari qizlar maktabi jangarilar hamlasiga uchrashi haqida oldindan ogohlantirish olgan.

Rasmiylar Chibok shahridagi qizlar maktabiga rejalangan hujumdan to’rt soat oldin ma’lumot ola boshlagan. Biroq biror chora ko’rmagan.

Maktabdan o’tgan hafta taxminan 300 o’quvchi o’g’irlab qochilgan edi. Xalqaro amnistiya tashkiloti nazarida xavfsizlik xizmati sustkashlik, uquvsizlik qilgan. Bundan tashqari, Nigeriya armiyasi yaxshiroq qurollangan jangarilardan qo’rqadi, degan taxmin ham bor.

Hukumat Xalqaro amnistiya tashkilotining bayonotiga biror munosabat bildirganicha yo’q.

Qo’shma Shtatlarning 11 harbiy mutaxassisi hozir Nigeriyada, o’quvchi qizlarni izlashda yordam berayapti.

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri qo’ldan kelgan barcha madadni beramiz, deydi. Britaniya, Xitoy, Fransiya va Kanada ham bosh qo’shishga va’da bergan.

O’g’irlash ortida turgan, qonli xurujlar, qotilliklar uchun javobgar sanalgan Boko Haram radikal guruhi qizlarni sotishini aytib po’pisa qilayapti.

Nigeriya politsiyasi bolalarni qidirib topishda zarur ma’lumot uchun 300 ming dollar mukofot va’da qilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG