Amerika razvedkachi samolyotlari o’g’irlangan qizlarni qidiradi

  • Amerika Ovozi

Chibok qishlog'idan olib qochilgan qizlar uchun duo... Abuja, Nigeriya

Chibok qishlog'idan olib qochilgan qizlar uchun duo... Abuja, Nigeriya

Nigeriyada jangarilar yaqinda 200 dan oshiq o'quvchi qizni maktabdan olib qochgan edi.

Amerika razvedkachi samolyoti Nigeriyada jangarilar o’g’irlagan o’quvchi qizlarni qidirishda yordam beradi. O’tgan oy 200 dan oshiq bola maktabdan olib qochilgan edi.

Obama ma’muriyatining bildirishicha, maxfiy samolyot va sun’iy yo’ldosh orqali olingan suratlar tergovda qo’l kelishi mumkin.

Amerikalik bir necha harbiy mutaxassis ham ayni pallada Nigeriyada, razveka va kuzatuv ishlarida madad berayapti.

Boko Haram nomli radikal guruh yaqinda qizlarning tasvirini internetga joylagan edi. 17 daqiqalik videoda hijobga o’rangan o’nlab o’quvchilarni ko’rish mumkin.

Boko Haram vakillari ularni musulmon qilib, ozodlik tuhfa etganini da’vo qilmoqda. Nigeriya qamoqlaridagi jangarilar qo’yib yuborilmas ekan, qizlar ham garovda qoladi, deyiladi guruh bayonotida.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG