Yaponiyadagi hujumda 15 odam nobud bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Yaponiya rasmiylarining ma’lum qilishicha, seshanba kuni Tokio g’arbidagi Sagamihara nomli joyda nogironlar markazida ro'y bergan hujum oqibatida 15 odam nobud bo’lgan. O’nlab odamlar tan jarohatlari olgan.

Politsiya nogironlarni pichoqlagan shaxsni hibsga oldi. 26 yoshli erkak ilgari markazda ishlagani aytilmoqda. Hujumdan so’ng u politsiyaga taslim bo’lgan.

Voqea ortidagi sabablar hozircha noma’lum. Yaponiyaning “Asahi Shimbun” gazetasiga ko’ra, hujumchi “dunyoni barcha nogironlardan xalos etmoqchiman” deb aytgan.

Sagamihara, Japan

Sagamihara, Japan

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG