AQSh diplomati Nisha Bisvol Tojikistonga safar qilayapti

  • Amerika Ovozi

Bisvol xonim boshliq delegatsiya Amerika-Tojikiston yillik maslahat kengashida qatnashadi.

Bisvol xonim boshliq delegatsiya Amerika-Tojikiston yillik maslahat kengashida qatnashadi.

Dushanbeda chog’ida Bisvol xonim Tojikiston mutasaddilari, fuqarolik jamiyati vakillari, yoshlar bilan ko’rishmoqchi.

Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha muovini Nisha Bisvol bugun-erta Tojikistonga safar qilmoqda.

Maqsad Amerika-Tojikiston yillik maslahat kengashida qatnashish.

Dushanbeda chog’ida Bisvol xonim Tojikiston mutasaddilari, fuqarolik jamiyati vakillari, yoshlar va xalqaro tashkilotlar xodimlari bilan ko’rishmoqchi.

Tojikistondan Amerika diplomati Pekinga yo’l oladi. 4-6-iyun kunlari AQSh delegatsiyasi Xitoy bilan iqtisodiy aloqalar, mintaqani o’zaro va dunyo bilan bog’lovchi savdo imkoniyatlari haqida fikrlashadi.

Nisha Bisvol hafta oxirida Dehliga safar qiladi va yangi hukumat bilan muzokara qiladi.

Dunyoning eng yirik demokratiyalaridan sanalgan Hindistonda o’tgan oygi saylovda muxolifat g’alaba qozongan edi.

Shundan beri Davlat departamenti yuqori lavozimli rasmiysi mamlakatga birinchi bor safar qilishi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG