Nobel sohiblari: Ozodlik, huquq uchun gapiraylik!

  • Amerika Ovozi

Sovet ittifoqi sobiq rahbari Mixail Gorbachev, Janubiy Afrika sobiq rahbari Frederik Villem de Klerk, Polsha sobiq prezidenti Lex Valesa “Tinchlik yo’lida yangi muammolar” mavzusida gaplashmoqda. Nobelning Tinchlik mukofoti sohiblari sammiti, Chikago, 23-

Sovet ittifoqi sobiq rahbari Mixail Gorbachev, Janubiy Afrika sobiq rahbari Frederik Villem de Klerk, Polsha sobiq prezidenti Lex Valesa “Tinchlik yo’lida yangi muammolar” mavzusida gaplashmoqda. Nobelning Tinchlik mukofoti sohiblari sammiti, Chikago, 23-

Amerikaning Chikago shahrida Nobelning Tinchlik mukofoti sohiblari yillik sammiti ish boshladi. Bu kabi yig’inlarning 12 chisi. O’nlab arboblar uch kun davomida ozodlik, inson huquqlari qadri haqida fikrlashadi.

Prezident Barak Obama, bu orada, dunyoning turli burchaklarida ommaviy yovuzliklar va inson huquqlarini ezish kabi hollarni aniqlab, chora ko’rish tizimini mustahkamlashga kirishdi. Endi avtoritar hukumatlarga inson qadrini poymol etishda yordam bergan xorij fuqarolari, tashkilotlar jazolanadi. Amerikadagi hisob raqamlari muzlatiladi.

Vashingtonda Xolokost muzeyini, Ikkinchi jahon urushi yillarida qirilgan yahudiylarni xotirlovchi dargohni ziyorat qilgan Barak Obama inson huquqlari borasida ish rejasini e’lon qildi. Bu takliflar Kongress tasdig’idan o’tgan.

O’tgan yili Oq uy ommaviy jinoyatlar va qatliomning oldini olishni davlat xavfsizligi masalasi, mamlakat majburiyati darajasiga ko’tarib chiqqan edi.

Obamaning aytishicha, Amerika hukumati bundan e’tiboran dunyoning turli burchaklarida ommaviy o’ldirishlar, qirg’in ehtimolini o’rganib, alohida hisobot chiqarib boradi.

O’tgan yili tuzilgan Yovuzliklarning oldini olish kengashi shu hafta Oq uyda birinchi bor majlis qildi.

“Qabih qilmishlar ro’y berishiga yo’l qo’ymaslik, jinoyatga qo’l urganlarni jazolash – burchimiz. Qaysi davlat bo’lmasin, hukumatlar o’z xalqini qirishga haqqi yo’q”,- dedi prezident.

Obama Suriya va Eron hukumatlariga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qilib, bu rejimlarga internet, kompyuter va telefon texnologiyasidan fuqarolarga hujum qilishda foydalanishga yo’l qo’ymaymiz, dedi.

“Bu texnologiya aholi, fuqaro jamiyatini mustahkamlashga xizmat qilishi kerak, ularni ezishga emas. Assad hukumati Suriya xalqini qon yig’latib, jabr qila olmasligi yo’lida bizning yordamimiz shu, sanksiyalar. Suriya fuqarolari o’z taqdirini o’zi hal qilishga haqli”, - dedi Amerika rahbari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG