Nobel mukofoti sohiblari yoshlarni tinchlik uchun kurashga chorladi

  • Amerika Ovozi

Tibet uchun kengroq muxtoriyat

Tibet uchun kengroq muxtoriyat

Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohiblari dunyo yoshlarini barqarorlik, tinchlik uchun kurashishga chaqirmoqda. Amerikaning Chikago shahrida yillik majlis qilgan arboblar qurolsiz, qonsiz jangni himoya qilib chiqdi.

Nobelning Tinchlik mukofoti egalari uch kun fikr almashdi. Birmadagi o’zgarishlarni misol qilib, musht, kuch qo’llamasdan rivojlanish mumkin, deydi ular. Mamlakat avtoritarizmdan yuz o’girib, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy islohotlarga eshiklarini ocha boshlagan.

Anjumanda yoshlar, studentlar faol qatnashdi.

Nobel mukofoti sovrindorlari, Sovet Ittifoqi sobiq rahbari Mixail Gorbachev va Amerika sobiq prezidenti Jimmi Karter

Nobel mukofoti sovrindorlari, Sovet Ittifoqi sobiq rahbari Mixail Gorbachev va Amerika sobiq prezidenti Jimmi Karter

Birmadan deputat, muxolif fraksiya rahbari, Nobel sovrindori Ang San Su Chi video orqali murojaat qildi.

“Odamlar yuragida jasorat topib, jabr, adolatsizlikka chidab o’tirmaymiz, deb chiqa olishi kerak”, - dedi deputat.

Ishtirokchilar orasida Tibet diniy rahnamosi Dalay Lama ham bor edi. Arbob Tibet uchun tom ma’noda muxtoriyat, o’z taqdirini o’zi hal qila olish huquqini so’rab keladi.

Oxirgi bir necha oy Xitoyda 30 dan ziyod buddist ruhoniy o’ziga o’t qo’ydi. Rasmiy Pekin siyosatiga qarshi kayfiyat nishonasi bu.

Shinjon ahli, uyg'urlar taqdiri

Shinjon ahli, uyg'urlar taqdiri

Mavjud fikr shuki, muzokara, murosa yo’li doim ham samara bermaydi, kuchga kuch bilan javob berish kerak.

Dalay Lama totalitar tuzumlarni tasvirlar ekan, xalq dardiga quloq tutmaydi, bilganidan qolmaydi ular, dedi. Biroq…

“Biz qonsiz, zo’ravonliksiz kurash yo’lini tanlaganmiz va undan chekinmaymiz. Muhimi Xitoy xalqi, ma’lumotli, dunyo ko’rgan fuqarolar orasida bu tashabbus tobora chuqur hamdardlik bilan qarshi olinmoqda”, - deydi Dalay Lama.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG