Shimoliy Koreya Kim Chen Ir bilan vidolashmoqda, Xitoy yangi rahbarni tan oldi

  • Amerika Ovozi

Shimoliy Koreya Kim Chen Ir bilan vidolashmoqda, Xitoy yangi rahbarni tan oldi

Shimoliy Koreya Kim Chen Ir bilan vidolashmoqda, Xitoy yangi rahbarni tan oldi

Shimoliy Koreya xalqi “buyuk rahbar” uchun aza tutar ekan, poytaxt Pxenyanda rasmiy vidolashuv marosimi bo’lib o’tmoqda.

Mamlakatni 17 yil boshqarib, o’tgan hafta 69 yoshida olamdan o’tgan Kim Chen Ir jasadini ziyorat qilish uchun minglab insonlar navbatda turibdi. U 28-dekabr kuni dafn etiladi.

Shimoliy Koreyaning yangi rahbari, marhumning o’g’li Kim Chen Un bu borada e’lon bergan. Bugun u va boshqa yuqori lavozimli rasmiylar Kim Chen Irning tobuti oldida tiz cho’kdi.

Pxenyan ko’chalarida “buyuk rahbar”ning surati va gulchambar ko’tarib yurgan odamlarni ko’rasiz.

Kim Chen Un

Kim Chen Un

“Yurtboshimiz qalbimizda abadiy yashaydi. U bizning dohiymiz. Uning zurriyoti Kim Chen Ir bosh egamiz, chunki endi u bizning yo’lboshchimiz”,- deydi o'zini Pxenyan to’qimachilik fabrikasi direktori deb tanishtirgan odam.

Kim Chen Ir, rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 17-dekabr kuni xizmat safari paytida poyezdda yurak xurujidan vafot etgan.

Vashingtonda AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Koichiro Genba bilan uchrashar ekan, Shimoliy Koreya zulmatda va azob-uqubutda yashayotgan jamiyat deya fikr bildirdi.

"Amerika va Yaponiya singari ittifoqchi davlatlar Shimoliy Koreya tinchligi va farovonligidan birdek manfaatdor. Biz bu davlat bilan til topisha olamiz degan umiddamiz”,- deydi diplomat.

AQSh, Yaponiya, Xitoy, Rossiya va Janubiy Koreya mana bir necha yildirki Pxenyanni atom maqsadlaridan qaytarishga urinib keladi. Muzokaralar to’xtab qolgan va ularni yangilash uchun harakat ketmoqda.

Xitoy bugun Kim Chen Unni Shimoliy Koreyaning yangi rahbari sifatida tan olgan va u bilan ishlashga tayyor.

Pxenyan, 20-dekabr, 2011

Pxenyan, 20-dekabr, 2011

28 yoshli yigit o’tgan yili otasi tomonidan general darajasiga ko’tarilgan edi. Yevropada ta’lim olgani ma’lum, ammo shu paytgacha ko’proq soyada yurgan.

Lekin Pekin nazarida u tayansa bo’ladigan shaxs.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Liu Veymin deydiki, “O’rtoq Kim Chen Un” hozirgi murakkab bir vaziyatda xalqni birdamlik va barqarorlik tomon yetaklay oladi.

"Buyuk rahbar" uchun dodlayotgan koreyslar

"Buyuk rahbar" uchun dodlayotgan koreyslar

Kim Chen Un Xitoyga tashrif buyurmoqchi bo’lsa, quchoq ochib kutib olamiz, deydi rasmiy.

Xitoy prezidenti Xu Tsintao Shimoliy Koreyaning Pekindagi elchixonasiga borib, ta’ziya izhor etgan.

Pxenyanning yana bir yirik hamkori Rossiya ham hamdardlik bildirgan. Shu yilning avgust oyida Kim Chen Ir Sibirga borgan va prezident Dmitriy Medvedev bilan bir necha soat muzokara qilgan edi.

Pxenyandagi manzara:

Koreyslar "buyuk rahbar" uchun ko'z yosh to'kmoqda

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG