Shimoliy Koreya yadro qurolini sinab, yangi raketalarni uchiradi

  • Amerika Ovozi

Shimoliy Koreya uchinchi bor yadro sinovi o’tkazib, kelgusida yangidan-yangi raketalarni uchiradi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti sanksiyalarni oshirganiga Pxenyan shunday javob qaytarmoqda.

Sinovlar qachon rejalangani haqida kommunistik davlat rasmiylari lom-mim demagan.

Dekabrda mamlakat fazoga raketa uchirgan, buni kosmik tadqiqotlarning bir qismi deya izohlagan edi.

BMT Xavfsizlik Kengashi joriy haftada sinovni qoralab chiqqan.

BMT sanksiyasi Pxenyanga raketa va yadro texnologiyasi ustida ishlashni man qiladi.

Shimoliy Koreya ommaviy qirg’in qurolini yaratish uchun yetarli plutoniyga ega ekani taxmin qilinadi.

2009-yildan beri Pxenyan uranni boyitishga kirishganini ta’kidlab keladi. Boyitilgan uran qudratli qurolning muhim komponenti sanaladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG