Shimoliy Koreya amerikalikni qo'yib yubordi

  • Amerika Ovozi

Shimoliy Koreyada hibsga olingan amerikalik joriy hafta qo'yib yuborilgan.

Prezident Barak Obamaning "qayta-qayta iltimosiga" javoban "jinoyatchi" Jeffri Foul ozod qilindi, deydiladi kommunistik mamlakat axborot agentligi tarqatgan bayonotda.

56 yoshli Foul bugun ertalab AQShga qaytgan. U Shimoliy Koreyaga turist vizasi bilan borgan.

Yarim yilda oldin bu davlatdagi restoran va barda Injilning nusxalarini qoldirgani ketidan qamoqqa olingan. Foulning oilasi Shimoliy Koreyaga missionerlik uchun borgani haqidagi da'volarni rad etadi.

AQSh Davlat departamenti hibsda qolayotgan yana ikki amerikalik taqdiridan xavotirda.

Bor diqqatimiz hozir Kennet Bey va Metyu Miller ishiga qaratilgan, deydi departamenti so'zlovchisi Mari Xarf.

Miller Shimoliy Koreyaga qarshi xatti-harakatda aybdor topilib, olti yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Bey shu kabi ayblov bilan 15 yilga qamoqqa tashlangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG