Xitoy Pxenyanda 20 ta atom bombasi borligini da'vo qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un harbiy uchuvchilar davrasida

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un harbiy uchuvchilar davrasida

Xitoylik atom ekspertlariga ko'ra, Shimoliy Koreyada 20 ta yadro bombasi bor. Bu oldingi bashoratlardan ancha ko'p. Kelasi yilga borib Pxenyan yadro arsenalini ikki baravar oshirishi mumkin, buning uchun u yetarlicha yuqori boyitilgan uran ishlab chiqara oladi, deyiladi "Wall Street Journal" gazetasida chop etilgan maqolada.

Unga ko'ra, Xitoy bu ma'lumotlarni fevral oyida AQSh yadro mutaxassislari bilan yopiq eshiklar ortida o'tgan uchrashuvda uzatgan.

Yaqingacha amerikalik mutaxassislar Shimoliy Koreyada 10-16 dona atrofida atom bombasi bor deya faraz qilardi.

Vashingtondagi AQSh-Koreya instituti bashoratiga ko'ra, Pxenyan 2020-yilgacha 100 ta atom bombasi ishlab chiqishi mumkin.

Shimoliy Koreya 2006, 2009 va 2013-yillarda yerosti yadro sinovlarini o'tkazgan. Pxenyan Janubiy Koreya, Yaponiya va AQShga hujum qilishi haqida bir necha bor do'q-po'pisa qilgan. Qo'shma Shtatlar kommunistik davlatni xalqaro muzokaralarga qaytishga undab keladi. Pxenyan muloqotdan 2009-yilda chiqqan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG