Shimoliy Koreya rahbari yaqin safdoshini qatl etishni buyurdi

  • Amerika Ovozi

Chan Sok Txek kommunistik davlat rahnamosi Kim Chen Unning safdoshi edi, ammasining eri bo’lgan.

Chan Sok Txek kommunistik davlat rahnamosi Kim Chen Unning safdoshi edi, ammasining eri bo’lgan.

Shimoliy Koreyada mamlakat rahbarining qarindoshi, eng qudratli rasmiylardan biri Chan Sok Txek qatl etilgan.

Hukumatda ikkinchi raqamli shaxs deya ko’rilgan Chan davlatga xiyonat va korrupsiyada aybdor topilib, sud hukmi e’lon qilingani zahoti o’ldirilgan.

Chan Sok Txek kommunistik davlat rahnamosi Kim Chen Unning safdoshi edi, ammasining eri bo’lgan.

Kim Chen Un 2011-yilda hukumatga kelganida aynan shu odam unga muallimlik qilgan, yo’l ko’rsatgani aytiladi.

Shimoliy Koreya matbuoti uni sotqin, partiya xoini, itdan battar mahluq, deya ta’riflaydi. Chan Sok Txek, deya yozadi gazetalar, uzoq yillar hukumatni ag’darishni va boshqaruvni qo’lga olishni rejalagan.

U o’tgan yakshanba barcha lavozim va vakolatlaridan ayrilgan.

Tahlilchilar nazarida 30 yoshli rahbar Kim Chen Un qarindoshini o’ziga raqib deb bilgan va uni namoyishkorona qatl etib, boshqa da’vogarlarga saboq bo’lsin, demoqchi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG