Breaking News

Shimoliy Koreyada AQSh fuqarosi jazoga tortildi


Shimoliy Koreyada sudlangan AQSh fuqarosi Kennet Bey
Shimoliy Koreyada sudlangan AQSh fuqarosi Kennet Bey
Noyabr oyida Shimoliy Koreyada hibsga olingan 44 yoshli Amerika fuqarosi bu davlatga qarshi yovuz ishlarda aybdor deb topilgan. Sud Kennet Beyga 15 yillik jazo muddatini belgilagan. Amerikalik jazoni og’ir mehnat koloniyasida o’taydi. Kennet Bey koreys millatiga mansub bo’lib, asl ismi Pey Jun Xo.

U aynan qanday jinoyat sodir etgani ma’lum emas. AQSh Davlat departamenti Pxenyandan muruvvat ko’rsatib, fuqarosini ozod etishni so’ragan.

Ma’lum bo’lishicha, Beyning tur-operatorlik firmasi bo’lgan. Rossiya va Xitoy chegarasiga yaqin joyda hibsga olinganida yonidan portativ komputer chiqqan, undan esa yegulik so’rayotgan qorni och shimoliy koreyalik bolalar tasvirlangan suratlar.

Bir nodavlat tashkilotga ko’ra, Bey xayriya bilan ham shug’ullangan va shimoliy koreyalik yetimlarga yordam berib turgan.

So’nggi yillarda Shimoliy Koreyada bir necha amerikalik hibsga olingan. Aksariyati jurnalist yoki din targ’iboti bilan shug’ullangan nasroniylar.

2009-yilda ikki telejurnalist Xitoydan Shimoliy Koreyaga noqonuniy ravishda o’tgani uchun 12 yil og’ir mehnatga hukm qilingan edi. Sobiq prezident Bill Klintonning bu mamlakatga safari va diplomatik iste’dodi tufayli ular ozod etilgan edi.

AQShning yana bir sobiq rahbari Jimmi Karter ham 2010-yilda sakkiz yilga qamalgan Amerika fuqarosining ozod etilishida bevosita qatnashgan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG