Kerri Koreya yarimorolidagi vaziyatni muzokara orqali hal qilishni taklif etmoqda

  • Amerika Ovozi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Tokioda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kishida bilan uchrashmoqda, 14-aprel, 2013-yil

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Tokioda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kishida bilan uchrashmoqda, 14-aprel, 2013-yil

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Shimoliy Koreya bilan Koreya yarimorolidagi tarang vaziyatni hal qilishni taklif etmoqda.

"Agar Pxenyan xalqaro majburiyatlarini bajarishga kirishsa, AQSh u bilan hamkorlik qilishga tayyor", - dedi Kerri.

Davlat kotibi bu haqda bugun Tokioda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kishida bilan o’tgan matbuot anjumanida so’zlagan.

Uning aytishicha, agar mintaqada vaziyat izdan chiqgudek bo’lsa, Qo’shma Shtatlar Yaponiya kabi ittifoqchilarini mudofaa qilishga shay. Pxenyan so’nggi haftalarda Yaponiya va Janubiy Koreyaga hujum qilishi mumkinligi haqida bir necha bor aytgan.

Shimoliy Koreya AQSh-Janubiy Koreya qo’shma harbiy mashqlari va unga qarshi qo’yilgan xalqaro sanksiyalarga shu tariqa javob bermoqchi. Har ehtimolga qarshi Tokio mudofaasi uchun chora ko’rilgan.

Ertaga Kerri Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abe bilan uchrashadi. Kecha AQSh davlat kotibi Xitoyda ham bo’lib, yarimorolni yadrodan xoli zonaga aylantirish xususida gaplashgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG