Shimoliy Koreya "buyuk rahbar" uchun motam tutmoqda

  • Amerika Ovozi

Hokimiyat Kim Chen Irga otasi Kim Ir Sangdan meros qolgan edi. Endi uning o'rnini o'g'li Kim Chen Un egallashi kutilmoqda. Bu surat 2011-yilning 24-avgustida Rossiyaga safar chog'ida olingan. Shimoliy Koreya bu davlat bilan iliq aloqalarga ega. Kreml Kim

Hokimiyat Kim Chen Irga otasi Kim Ir Sangdan meros qolgan edi. Endi uning o'rnini o'g'li Kim Chen Un egallashi kutilmoqda. Bu surat 2011-yilning 24-avgustida Rossiyaga safar chog'ida olingan. Shimoliy Koreya bu davlat bilan iliq aloqalarga ega. Kreml Kim

Shimoliy Koreya motamda. Mamlakatning 17 yillik rahbari Kim Chen Ir 69 yoshida olamdan o’tdi. Bu hol dunyo bo’ylab qizg’in munozara uyg’otgan.

Xalqaro hamjamiyatni o’z yadroviy maqsadlari bilan xavotirga solib kelgan bu yopiq jamiyat endi qay tomon yo’naladi?

Liderning o'lgani haqida davlat televideniyesi axborot bermoqda

Liderning o'lgani haqida davlat televideniyesi axborot bermoqda

Davlat telekanali suhandoni ko’zida yosh bilan “buyuk yetakchi og’ir ruhiy va jismoniy vaziyatda dunyodan ko’z yumdi”,- deya e’lon qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, Kim Chen Ir shanba, 17-dekabr kuni, ish safari paytida poyezdda yurak xurujidan vafot etgan. Uning hayotini asrab qolish uchun barcha choralar ko’rildi, ammo lider jon berdi, deyiladi hukumat bayonotida.

Lider uchun motam

Lider uchun motam

Kim Chen Ir 2008-yilda insultni boshdan kechirgan va shundan beri kasalmand ekani ma’lum edi. Hokimiyat unga 1994-yilda otasi Kim Ir Sendan meros qolgan edi.

Endilikda rahbarlik uning o’g’li Kim Chen Unga o’tishi kutilmoqda. 2010-yilda bu borada ma’lum qilingan. 28 yoshli Kim Chen Un ingliz va nemis tillarida gaplashadi. Shveysariyada o’qigan. Uning tarjimai holi haqida boshqa ma’lumotlar cheklangan.

Shimoliy Koreya siyosati va hayoti bo’yicha yetakchi mutaxassis, Pekin Universiteti professori Ju Feng deydiki, Kim Chen Ir xasta ekani sir emas edi.

Lekin baribir bu jamiyat bugun karaxt. Ular kelajakdan tashvishda. Yakkahokimlikka o’rgangan muhitda bu tabiiy bir hol, deydi u.

“Shimoliy Koreya nafaqat zaif bir davlat, balki global tinchlikka katta tahdid soladigan tuzum hamdir, chunki u yadroviy qurolga ega. Shu bois xalqaro hamjamiyat xavotiri ham o’rinli”,- deydi olim.

Xitoy - Shomiliy Koreyaning eng yaqin hamkori

Xitoy - Shomiliy Koreyaning eng yaqin hamkori

Qo’shni Janubiy Koreyada darhol favqulodda choralar ko’rilgan. Qurolli kuchlar shay holatda. Prezident Li Myung-bak davlat xavfsizligi yuzasidan majlis o’tkazgan.

Bugun Shimol raketa sinovlari o’tkazdi, deydi Seul rasmiylari, ammo amaliyotning lider o’limiga aloqasi yo’q deya taxmin qilinmoqda.

Yaponiya Amerika hukumati va Janubiy Koreya bilan muloqotda. Ittifoqchi davlatlar bir-biri bilan maslahatlashgan.

Xitoy, Shimoliy Koreyaning eng yirik hamkori, ko’p jihatdan suyangan tog’i, Kim Chen Irning o’limi yuzasidan uning xalqiga hamdardlik bildirib, yordamga tayyor ekanini bayon etgan.

Pekin Universiteti professori Ju Feng Xitoy pozitsiyasini shunday sharhlaydi:

Bir tomondan, Kim Chen Ir, Xitoy nazarida, kuchli lider edi. Tuzumni mustahkamladi, xalqning unga ishonchi oshdi. Lekin boshqa tomondan, ayniqsa tashqi dunyo bilan aloqalarda, Xitoy uning ko’p qadamlarini ma’qullamadi, chunki Kim Chen Ir dunyo ahli bilan ko’p o’ynashdi. So’zidan qaytaverdi. Shimoliy Koreyaga hech kim, shu jumladan Xitoy ham ishonmas edi. Kim Chen Irning yadroviy maqsadlari Pekinni qattiq tashvishga solib keldi, deydi professor Ju Feng.

Janubiy Koreya rahbariyati favqulodda majlisda

Janubiy Koreya rahbariyati favqulodda majlisda

Pxenyan atom dasturi yuzasidan ko’p tomonlama muzokaralar, mana ikki yildirki, to’xtab qolgan. Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Rossiya va Xitoy Shimoliy Koreya yadroviy maqsadlaridan butunlay voz kechsa, mavjud sanksiyalarni bekor qilib, keng ko’lamli iqtisodiy yordam va’da qilib kelayotgan edi. Lekin Pxenyan xalqaro inspektorlarni chiqarib yuborgach, ayniqsa G’arb bilan aloqalar yana sovuqlashgan.

Seuldan tahlilchi Choy De-Suk fikricha, Janubiy Koreya shimolga nisbatan siyosatni yumshatishi mumkin. Ikkiga bo’linib qolgan xalq nihoyat birlashuv tomon yo’naladi degan umid bor, deydi u.

Kim Chen Ir 28-dekabrda dafn etiladi. Motam tadbirlariga Kim Chen Un boshchilik qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG